Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:07

Daily Beast: O‘zbekiston eng korruptsiyalashgan davlat


Transparency International tashkilotining 2011 yilgi korruptsiya indeksida 182 mamlakat orasida O‘zbekiston 177-o‘rinni egallagan.
Transparency International tashkilotining 2011 yilgi korruptsiya indeksida 182 mamlakat orasida O‘zbekiston 177-o‘rinni egallagan.
AQShda chiqadigan Thedailybeast.com nashri O‘zbekistonni dunyoning eng korruptsiyalashgan davlati, deb topdi.

Nufuzli The Newsweek jurnalining hamkori hisoblangan Daily Beast agentligi Suriyada ro‘y berayotgan voqealar munosabati bilan bu davlat dunyoning eng korruptsiyalashgan rejimimi, degan savolga javob izlash tariqasida 20 davlatni o‘z ichiga olgan reytingni ishlab chiqdi.

Reytingda Suriya, Haiti, Venesuela, Chad, Efiopiya, Afg‘oniston kabi davlatlar bor. Ular orasida, Daily Beast agentligiga ko‘ra, O‘zbekiston eng korruptsiyalashgan mamlakat hisoblanadi.

Reyting bu mamlakatlarda siyosiy va fuqaroviy erkinliklar, matubot erkinligi va jamoatchilikning korruptsiyani qanday qabul qilishiga ko‘ra tuzilgan.

O‘zbekiston boshqa xalqaro tashkilotlar tuzgan reytinglarda ham eng korruptsiyalashgan davlatlar qatoridan joy olgan. Xususan, Transparency International tashkilotining 2011 yilgi korruptsiya indeksida 182 mamlakat orasida O‘zbekiston 177-o‘rinni egallagan.
XS
SM
MD
LG