Линклар

logo-print
Rashid Hazratovga ko‘ra, ukasi Bobur 12 yil avval Rossiyaga ishlashga ketgan, dastlabki ikki yilda u bilan xabarlashib turishgan.

Shundan keyin ukasini izlashga tushgan Rashid Hazratov Rossiyaning “Jdi menya” ko‘rsatuviga ham murojaat qilgan.

Bobur Rafiqovich Hazratov hozirda 43 yoshda.

- Orenburg tomonda ekan. Men uni o‘zim ham axtarib “Jdi menya”ga murojaat qilganman. Saytda mening arizam ham turibdi. Ular aytayaptiki Ulyanovsk shahrida uning izi yo‘qolganda. 10 yildan beri men o‘zim axtaraman.

Ozodlik: 10 yil oldin ketganmi?

- Ha.

Ozodlik: Ketgani bo‘yicha dom-daraksiz ketdimi yo xabarlashib turdimi?

- Birinchi-ikkinchi yillari telefon bilan gaplashdik. Keyingi yillar gaplasha olmadimda. Men o‘zim ham axtardim. Bizlar qishloqda turamiz. Bizlarda kompyuter yo‘q hech qanaqa.

Ozodlik: 10 yil davomida kichkina bo‘lsa ham darak chiqmadimi?

- Yo‘q. Orenburg shahrida bir tatar qiz bilan yashagan ekan. Grajdanskiy brak deydi. Qizchasi bor ekan. Hozir u boshqa bir tojik bolaga turmushga chiqqan. O‘zim surishtirganimcha. “Jdi menya” menga “uning oilasi bilan uchrashasan” deyapti. “Menga oilasi kerak emas, menga o‘zi kerak” deganim bilan ular jim bo‘lib qoldi. Ularning ham Ulyanovsk shahrida izi yo‘qolayaptida.

Ozodlik: Tatar ayol bilan ajrashib ketganmi?

- Ha, grajdanskiy brak deydi, Rossiyada shunaqa borku, grajdanskiy brak bo‘lib yashagan bular noqonuniy.

Ozodlik: Bu yoqda oilasi bormidi u kishining?

- Ha.

Ozodlik: Bolalari bormidi?

- Bor, bitta o‘g‘ilchasi bor, deydi o‘z ukasi Bobur Hazratovni 10 yildan beri qidirib yurgan Rashid Hazratov.
XS
SM
MD
LG