Линклар

logo-print
Tojikistonning futbol bo‘yicha milliy terma jamoasiga ilk bor chet el fuqarosi murabbiylik qiladigan bo‘ldi.

Tojik termasiga murabbiy etib tayinlangan bosniyalik 46 yashar Kemal Alispaxich avval Shveytsariyaning “Lozanna” va Eronning “Saba” jamoalari bilan ishlagan.

Tahlilchilarga ko'ra, chet ellik futbol murabbiyi Tojikistonga prezident o'g'li Rustam Emomali tashabbusi bilan taklif etilgan. Joriy yilning yanvar oyida Rustam Emomali Tojikiston futbol federatsiyasining rahbari etib tayinlangan edi.

Futbol bo'yicha Tojikiston terma jamoasi osiyodagi eng zaif jamoalardan biridir. Tojikistonlik futbolchilar o‘tgan yil Yaponiya, O‘zbekiston va Shimoliy Koreya jamoalariga ketma-ket yutqizib, 2014 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichlarida muvaffaqiyatga erisha olmagan edilar.

FIFA jahon reytingida Tojikiston futbol jamoasi jamoasi 140-o'rinda, osiyo reytingida esa 20-o'rindadir.
XS
SM
MD
LG