Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:53

iPad 3 planshetining ilk surati matbuotga chiqdi


Apple shaydolari orziqib kutayotgan iPad planshetining uchinchi avlodiga tegishliligi aytilayotgan surat birdaniga bir nechta nuvuzli texno-bloglarda chop etildi.

Afsuski, sotuvga chiqishi 2012 yilning bahoriga belgilangan iPad 3 planshetining faqat orqa paneli surati matbuotga chiqgan holos.

Bu haqda birinchilardan bo'lib xabar tarqatgan Repair Labs veb sahifasi mualliflariga ko'ra, yangi planshet panelining suratlari Xitoydagi ishonchli manbadan olingan.

Eslatamiz, Apple shirkatining barcha "gadget"lari Xitoydagi fabrikalarda ishlab chiqariladi.

Panel suratini o'rganib chiqgan texniklarga ko'ra, iPad 3 planshetining kattaligi 2-avlodnikidan katta farq qilmaydi. Eng katta o'zgarishlardan biri bu akkumulyatorga ajratilgan joydir. iPad 3ga tegishliligi aytilayotgan panelda akkumulyator 2-chi avlodnikidan qariyb ikki marotaba kattaroq. Yana bir ko'zga tashlanadigan o'zgarish bu kameraga ajratilgan joy. Biroq hozircha iPad 3 plansheti aynan qanday kamera bilan jixozlanishi ma'lum emas.

Yangi planshetning tashqi ko'rinishi haqida esa aniq aytish qiyin, chunki suratda plansheting utski paneli ko'rsatilmagan.

The Verge blogining yozishicha, iPad 3 niki deyilayotgan surat haqiqatga yaqindir. Chunki Apple shirkati planshetning uchinchi avlodida kuchliroq batareya o'rnatilishi, ekrani yuqori sifatli Retina texnologiyasi asosida bo'lishi va protsessori A6 ga o'zgartirilishi haqida e'lon qilgan edi.

Texnologiya dunyosini yaqindan kuzatib kelayotgan veb sahifalarga ko'ra, iPad 3 plansheti (ayrim manbalar iPad HD deya xabar beradi) 2012 yilning bahorida e'lon qilinadi. Esingizda bo'lsa, iPad 2 plansheti 2011 yilning 2 martida, birinchi iPad esa 2010 yilning 27 yanvarida e'lon qilingan edi.
XS
SM
MD
LG