Линклар

O'zbekistonda Internetning aholi ichiga kirib borishi 26,8% ga yetdi. Bu haqda Miniwatts Marketing Group tadqiqot shirkatiga tegishli Internet World Stats sayti xabar tarqatmoqda.

Saytga ko'ra, ayni damda qariyb 30 million aholisi bor O'zbekistonda Internet foydalanuvchilarining soni 7,55 millionga yetgan. Bu raqam bilan O'zbekiston Osiyo mamlakatlari ichida 16-o'rindadir.

"User"lar soni bo'yicha qit'adagi birinchi o'rinni Xitoy egallab kelmoqda (477 million Internet foyadlanuvchisi). Ikkinchi o'rinda Hindiston (100 million), uchinchi o'rinda esa Yaponiya (99,2 million).

Rasmiy ma'lumotga ko'ra esa, 2011 yilning yakunida O'zbekistondagi Internet foydanauvchilarining soni 8,8 millionga yetgan.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Internetning aholi ichiga kirib borishi ko'rsatkichi bo'yicha O'zbekiston 3-o'rinni egalladi. Birinchi Qirg'iziston (39,3%), ikkinchi Qozog'iston (34,1%), to'rtinchi va beshinchi o'rinlarda Tojikiston (9,2%) va Turkmaniston (1,%6).

Internet World Stats sayti xabar qilishicha, Facebook saytidagi o'zbek foydalanuvchilarining soni 106 ming yetgan. Afsuski, sayt boshqa ijtimoiy tarmoqlar bo'yicha statistik ma'lumot bermagan.

"Yosh to'lqin" sahifasi muxbirlari 2011 yil dekabr oyida ijtimoiy tarmoqlardagi o'zbekistonliklar soni bo'yicha kichik izlanish o'tkazgan edi. Unga ko'ra, eng ko'p o'zbekistonliklar to'plangan tarmoq Odnoklassniki.ru saytidir (2 milliondan ziyod). Mail.Ru shirkatiga tegishli "Moy mir" tarmog'ida esa qariyb 1,5 million o'zbeklar ro'yxatdan o'tgan.
XS
SM
MD
LG