Линклар

Janubiy Qozog‘iston viloyati bojxona xizmati xodimlari O‘zbekiston fuqarosini josuslik texnikasi bilan qo‘lga oldi.

Bnews.kz saytining Janubiy Qozog‘iston Bojxona nazorati departamentiga tayangan holda yoyinlagan xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik fuqaro Chimkent aeroportida Urumchi-Chimkent reysi bilan uchib kelgach, bojxona tekshiruvi payti qo‘lga olingan.

Qozoq bojxonachilariga ko‘ra,O‘zbekiston fuqarosi yonidan yashirin ravishda video va rasmga olish uskunasi bo‘lgan maxsus soat topilgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, barcha materiallar sudga jo‘natilgan.
XS
SM
MD
LG