Линклар

logo-print
Yakshanba kuni Turkmanistonda o‘tkazilgan prezident saylovida saylovchilarning 96,28 foizi saylovda ishtirok etdi.

AFP ma‘lumotiga ko‘ra, saylov bayramona ruhda o‘tkazilgan, saylov uchastkalarida milliy musiqalar yangrab turgan. Hatto faol saylovchilarga sovg‘alar ham berilgan.

Saylovda jami sakkiz nomzod ishtirok etdi.

Tahlilchilar amaldagi prezident Qurbonquli Berdimuhammedovning saylovda osonlikcha g‘alabaga erishishini aytmoqdalar.

Turkmanistondagi prezidentlik saylovini 2340 nafar mahalliy kuzatuvchi va MDH mamlakatlaridan kelgan 63 nafar kuzatuvchi kuzatib bordi.

YeXHT esa bu galgi saylovlarga o‘zining maxsus kuzatuvchilar missiyasini yubormadi.
XS
SM
MD
LG