Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:04

Prezident Karimov: qizlar orasida sportchilar ko‘paymoqda


Prezident Karimov qizlarni sportga jalb qilishga alohida e‘tibor qaratmoqda.
Prezident Karimov qizlarni sportga jalb qilishga alohida e‘tibor qaratmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov bolalarni 3-5 yoshidan boshlab sportga jalb qilish kerakligini ta‘kidladi.

Oqsaroyda bo‘lib o‘tgan bolalar sportini rivojlantirishga oid yig‘ilishda gapirgan prezident Karimovga ko‘ra, “Ayni shu davrda har bir bolaning xarakteri shakllana boshlaydi”.

Keyingi paytda qizlarni sportga jalb qilishga e‘tibor qaratayotgan Islom Karimov ushbu yig‘ilishda ham qizlar sportiga alohida to‘xtaldi.

Prezident keltirgan ma‘lumotlarga ko‘ra, so‘nggi uch yil davomida qiz bolalar o‘rtasida sport bilan shug‘ullanuvchilar 24,1 foizdan 31,4 foizga oshgan.

O‘tgan yili mamlakat bo‘yicha 214 ta sport ob‘ekti, jumladan, 19 ta suzish havzasi qurib, foydalanishga topshirilgan.
XS
SM
MD
LG