Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:41

Gretsiya yangi islohatlar dasturini qabul qildi


Gretsiya parlamenti 130 milliard yevrolik yordam ko‘rsatish uchun Yevropa Ittifoqi qo‘ygan shartlardan kelib chiqqan islohatlar dasturini qabul qildi.

Gretsiyaning moliyaviy taqdirini hal qiluvchi yangi dasturga muvofiq hukumatning beshta xizmatidan biri qisqartiriladi va oylik maoshlar ham kamaytiriladi.

Gretsiya Moliya vaziri Yevangelos Venizelos “mamlakatni qutqarish uchun” parlament a‘zolarini zarur choralar ko‘rishga chaqirdi.

- Biz mamlakatni qutqarishimiz kerak, agar biz buni qilmasak, xalq bizni kechirmaydi, dedi Yevangelos Venizelos.

Besh yildan beri iqtisodiy cho‘kish kuzatilayotgan Gretsiyada hukumatning yangi islohotlar dasturi xalq noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

Yakshanba kuni Afinada yangi islohatlarga qarshi bo‘lib o‘tgan namoyishlar chog‘ida 80 dan ziyod kishi, jumladan, 30 politsiyachi jarohatlandi.

Yuz mingdan ziyod kishi ishtirok etgan ushbu namoyishlar payti yigirmadan ziyod namoyishchi hibsga olindi. Kamida 10 ta bino, jumladan, kinoteatr, bank va kafelarga o‘t qo‘yildi.

Gretsiyadagi ishsizlik ko‘rsatkichlari (18 foiz) bugungi kunda rekord darajaga yetgan.

Mamlakat aholisi moliyaviy bo‘hrondan chiqish maqsadidagi soliqlar oshirilishi kabi bir qator islohatlarni boshdan kechirib ulgurdi.

16 fevral kuni Yevropa Ittifoqining Moliya vazirlari uchrashib, Gretsiyaning yangi iqtisodiy islohatlar dasturini muhokama qiladi.

Moliyaviy bo‘hronga qarshi ushbu dastur evaziga Gretsiya endilikda Yevropa Ittifoqining xalqaro yordamini olishga erishishi mumkin.

YeI va XVJ Gretsiya mart oyida defoltga uchrashi oldini olish uchun 130 milliard yevroga teng yordamni taqdim etish sharti sifatida byudjet harajatlarini qisqartirishni talab qilgan edi.

Gretsiyaga 2010 yilda 110 milliard yevrolik birinchi moliyaviy yordam berilgan edi.
XS
SM
MD
LG