Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:00

Futbol: O‘zbekiston-Filippin 3:0


O‘zbekiston olimpiya jamoasi.
O‘zbekiston olimpiya jamoasi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya jamoasi 11 fevral kuni Dubayda bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida Filippin jamoasi ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Fevral oyi oxiriga qadar O‘zbekiston Olimpiya jamoasi Ummon va Misr jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi rejalangan.

2012 yilda Londonda bo‘ladigan Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma olish uchun O‘zbekiston olimpiya jamoasi navbatdagi o‘yinni 21 fevral kuni Qatarda Iroq jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

14 mart kuni esa O‘zbekiston jamoasi o‘z maydonida Birlashgan Arab Amirliklari jamoasiga mezbonlik qiladi.

5 fevral kuni Toshkentning "Jar" stadionida 11 daraja sovuqda O‘zbekiston va Avstraliya olimpiya jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘yin 2:0 hisobida O‘zbekiston jamoasi g‘alabasi bilan tugagan.

O'zbekiston Olimpiya terma jamoasining Filipping jamoasiga qarshi o'tkazgan o'yini YouTube saytida yuklangan (birinchi bo'lim, ikkinchi bo'lim).
XS
SM
MD
LG