Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:01

Qirg‘iz-tojik chegarasida zobit otildi


Botken viloyatining “Samarqandik” chegara zastavasi uchastkasida zastavaning jangovar tayyorgarlik bo‘yicha boshliq o‘rinbosari Qanat Duyshenaliyev halok bo‘ldi.

Bu haqda Qirg‘iziston Davlat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Chegara qo‘shinlarining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi ma‘lum qildi.

Ma‘lum bo‘lishicha, 12 fevral kuni soat 14 lar chamasi chegara naryadi davlat chegarasi yaqinida hujjatlarni tekshirish maqsadida ko‘mir yuklangan va Tojikiston tomonga ketayotgan “Xunday-Porter” mashinasini to‘xtatgan. Qirg‘iz chegarachilari taxminicha, mashinadagi yuk kontrabanda moli bo‘lgan.

Chegarachilarning hujjat ko‘rsatish talabiga javoban avtomashinada o‘tirgan qirg‘izistonlik yo‘lovchi, Botken tumanining Samarqandik qishlog‘ida yashaydigan Qalbayev chegara naryadini haqorat qila boshlagan. Bu paytda “Xunday-Porter” haydovchisi o‘z mashinasini yo‘lning o‘rtasida to‘xtatib olib, ortdan kelayotgan mashinalarni o‘tkazmay qo‘ygan. Janjal bo‘layotgan joyda odamlar yig‘ilib, chegarachilarga qarab xezlana boshlagan.

Vaziyat taranglashganidan xabar topgan “Samarqandik” chegara zastavasining boshlig‘i voqea joyiga kelgan va yig‘ilgan olomonni tinchlantirishga urina boshlagan. Shu payt bir guruh shaxslar chegara naryadi zobitini o‘rab olganlar, Qalbayev esa yonida turgan serjantning qo‘lidagi Kalashnikov avtomatini kuch qo‘llagan holda tortib olib, avval osmonga, keyin esa chegarachilarga qarab otgan. Natijada leytenant Qanat Duyshenaliyev tan jarohati olgan va biroz vaqt o‘tgach, u kasalxonada jon bergan.

Qalbayev va avtomashina haydovchisi bo‘lgan tojikistonlik fuqaro qo‘lga olingan. Ularning har ikkalasi ham tojik millatiga mansubligi aytilmoqda. Botkenda yuz bergan bu noxush hodisa yuzasidan jinoiy ish ochilib, tergov olib borilmoqda.
XS
SM
MD
LG