Линклар

logo-print

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida mamlakat Bosh prokurori kiritgan pornografik mahsulotlar tarqalishiga qarshi kurashni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.

Aslida, shu paytgacha ham O‘zbekistonda pornografik mahsulotlar tarqalishiga qarshi kurashning qonuniy asoslari mavjud edi.

Mamlakat Jinoyat kodeksining 130-moddasi, Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 189-moddasi pornografiyaga qarshi kurashning o‘sha qonuniy asoslaridir.

Xabarlarga qaraganda, so‘nggi 3 yil ichida O‘zbekistonda umumiy qiymati 44,5 million so‘mlik yoki 24,6 ming dollarlik pornografik mahsulot qo‘lga olingan. 430 kishi javobgarlikka tortilgan.

Newsuz.com saytining xabar qilishicha, Bosh prokuror taklif qilayotgan o‘zgartishlardan Jinoyat kodeksining 130-moddasini yangi tahrirda to‘ldirish nazarda tutiladi.

Yangi tahrirdagi moddaga binoan pornografik mahsulotlarni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida O‘zbekiston hududiga olib kirish yoki tayyorlash eng kam ish haqining 400 baravaridan 600 baravarigacha jarima, 3 yilgacha ahloq tuzatish yoki 6 oygacha qamoq jazosiga hukm qilinadi.

Jinoyat takroran yoki guruh tomonidan sodir etilsa, 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzida jazo belgilanadi, deb xabar qildi Newsuz.com sayti.

Bas, pornografik mahsulotlarga qarshi kurashni kuchaytirishni mamlakat Bosh prokurori taklif qilayotgan ekan, demak, bu muammo O‘zbekiston uchun shu kunda o‘ta dolzarb muammolardan biriga aylangan. Chindan ham shundaymi?

Biz bu savolni o‘zbekistonlik faol yoshlardan biri, Fuqarolik jamiyati yosh faollari guruhi a‘zosi Sanjar Saidovga berdik.

Uning aytishicha, pornografik mahsulotlarga qarshi qonun mavjud ekanligiga qaramay, Toshkentning ba‘zi bozorlarida pornofilьmlarni bemalol sotib olish mumkin.

- Masalan Tezikovka degan bozorda bemalol, ochiqchasiga sotiladigan holatlarni kuzatish mumkin. Buning orqasida huquq-tartibot organlari ya‘ni bozorni tartibga solib turadigan odamlarning o‘zlari ham shundan qaysidir ma‘noda manfaatdorligini ko‘rishimiz mumkin. Monitoring o‘tkazgan paytimizda ochiqchasiga sotib turardi, deydi Sanjar.

Sanjarning aytishicha, shu paytgacha hukumat pornografik mahsulotlar tarqalishining oldini olish uchun Internet kafelarni ham nazorat qilib keladi. Biroq, davom etadi, Sanjar

- Kruglosutochno ishlaydigan internet kafelar ham bor. Ko‘proq u Toshkent shahrida joylashgan. Kechki paytda bemalol shunaqa saytlarga kirib nima qilish nimasi borda, deydi Sanjar.

Pornografik mahsulotlar tarqalishiga qarshi kurashni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi qonun qabul qilinishi Internet ustidan nazorat kuchaytirilishiga bahona bo‘lmaydimi?

Bu savolga javob berar ekan, Sanjar qo‘rqishning hojati yo‘q, hukumat yopmoqchi bo‘lgan saytlarning hammasi yopib bo‘lingan, degan fikrni bildirdi.

- Bugungi kunda O‘zbekiston internet eng cheklangan mamlakatlar qatoriga kiradi dunë bo‘yicha va deyarli tanqidiy ëki tahliliy tarzda ëzadigan hamma internet resurslar bugungi kunda blokirovka qilib bo‘lingan. Undan ortig‘i mening nazarimda, dalьshe nekuda deydiyu, shunaqa bo‘lib qolgan, deydi Sanjar.

Fuqarolik jamiyati yosh faollari guruhi a‘zosi Sanjar Saidov edi.
Bosh prokuror Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 189-moddasiga ham o‘zgartish kiritishni taklif qilmoqda.

Moddaning yangi tahririga binoan ahloqqa zid ma‘muriy huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolarga eng kam ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha, mansabdor shaxslarga 100 baravardan 150 baravargacha jarima belgilanadi, deb xabar qildi Newsuz.com.
XS
SM
MD
LG