Линклар

Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) tomonidan o‘zbekistonlik referi Ravshan Ermatovga dunyo bo‘yicha 2011 yilning eng yaxshi hakamlari ro‘yxatida uchinchi o‘rin berildi.

2010 yili Ermatov ushbu ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni egallagan edi.

Shuningdek, Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi tomonidan e‘lon qilingan XXI asrning eng yaxshi hakamlari ro‘yxatida Ravshan Ermatov 19 o‘rinni egalladi.

O‘tgan yilning 23 noyabrida Ravshan Ermatov ketma-ket to‘rtinchi marotaba Osiëning eng yaxshi hakami deb topildi.

2010 yilda Ermatov Janubiy Afrikada o‘tgan Jahon chempionatida ilk o‘yinga hakamlik qildi va bitta chempionat davomida jami beshta o‘yinni boshqargan futbol tarixidagi uchinchi hakam, deb e‘tirof etilgan edi.
14 fevral 2012OldingisiKeyingisi
XS
SM
MD
LG