Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:43

“Afrosiyob” poyezdi har kuni qatnay boshladi


13 fevraldan boshlab “Afrosiyob” tezyurar poyezdi Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida har kuni qatnay boshladi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” shirkatining xabariga ko‘ra, tezyurar poyezd har kuni Toshkentdan ertalabki soat 8:00da jo‘naydi. Samarqanddan esa kechki soat 5:00 da qaytadi.

Hozirda “Afrosiyob” poyezdi Toshkentdan Samarqandgacha 2 soat 20 daqiqada yetib bormoqda.

Mart oyi oxirigacha qatnov vaqtini ikki soatgacha kamaytirish rejalashtirilgan.

Hozirda “Afrosiyob” poyezdining chiptalari oddiy poyezdlarnikiga qaraganda qimmatroq – 40 mingdan 60 ming so‘mgacha.

“Afrosiyob” poyezdi qatnovi boshlanganidan buyon Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishida 4000 dan ziyod yo‘lovchi tashilgan.

Toshkent-Samarqand temir yo‘li uzunligi 344 kilometr bo‘lib, “Afrosiyob” poyezdi tezligini soatiga 250 km gacha oshirishi mumkin.

Ispaniyaning “Patentes Talgo S.L.” shirkati ishlab chiqargan birinchi “Afrosiyob” tezyurar poyezdi 2011 yil 22 iyul kuni O‘zbekistonga olib kelindi va 8 oktyabrdan boshlab Toshkent va Samarqand o‘rtasida doimiy qatnamoqda.

Ikkinchi “Afrosiyob” tezyurar poyezdi 9 dekabr kuni Toshkentga olib kelindi.
XS
SM
MD
LG