Линклар

Amerikalik mashhur qo‘shiqchi Uitni Hyuston 18 fevral kuni o‘zi tug‘ilib o‘sgan Nyu Jersi shtatining Nyuark shahridagi cherkov qabristoniga ko‘miladi.

Buni dafn marosimini uyushtiradigan Whigham Funeral Home sohibi ma‘lum qildi.

Uitni Hyuston 11 fevral kuni Los Anjeles shahridagi Beverli Xilton mehmonxonasida 48 yoshida vafot etdi.

AQSh politsiyasi uning o‘limida “jinoyat alomatlari aniqlanmagani”ni bildirgan.

Toksikologik analiz orqali Hyustonning o‘limi sababini aniqlash uchun bir necha hafta kerak bo‘lishi aytilmoqda.

Hyuston 80 – 90-yillarda dunyodagi eng mashhur ayol qo‘shiqchilardan biri bo‘lgan.

Keyinroq giyohvandlikka ruju qo‘ygani va qo‘shiqchi Bobbi Braun bilan qurgan oilaviy hayoti ko‘ngildagidek bo‘lmagani uning obro‘siga putur yetkazgan.

Uitni Hyuston kuylagan "How Will I Know”, "Saving All My Love" va "I Will Always Love You" nomli qo‘shiqlar millionlab musiqa shaydolari qalbidan joy olgan.
XS
SM
MD
LG