Линклар

logo-print
Toshkentdagi xususiy klinikalarda o‘tkazilgan tekshiruv natijasida bir qancha klinikalar yopib qo‘yildi.

11 yanvar kuni birdaniga shahardagi 25 ta xususiy klinikada reyd o‘tkazilib, ularning barchasiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi.

Oradan bir oy o‘tib ma‘lum bo‘lishicha, ushbu klinikalarning ayrimlari o‘z faoliyatini to‘xtatgan.

Toshkent shahar Yunusobod tuman soliq inspektsiyasidan olingan ma‘lumotga ko‘ra, ayrim klinikalar tegishli litsenziyasi bo‘lmagan holda bemorlarni statsionar holatda davolab kelganlar.

"Toshkent oqshomi" gazetasi yoyinlagan xabarga ko‘ra, reydlar natijasida mijozlarga narkotik va psixotrop moddalarni tarqatishda qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan, bemorlarni davolashda muddati o‘tgan dorilardan foydalanilgan.

"Axborot" dasturida aytilishicha, tekshiruv o‘tkazilgan muassasalarda 50 nafar shifokor mehnat shartnomasisiz ishlayotgani aniqlangan.

Shuningdek, tekshiruv payti bu klinikalarda tibbiy xizmat ko‘rsatishdan tushgan tushum pulini inkassatsiya qilinmagan holatlari natijasida jami 1 milliard 685 ming 890 so‘m (taxminan 1 million AQSh dollari) miqdoridagi pul qayd qilingan.
XS
SM
MD
LG