Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:47

Saudilyalik tvitterchi payg'ambar haqidagi tvitlari uchun hibsga olindi


Saudiya Arabistoni hukumati shakkoklikda ayblanayotgan 23 yoshli jurnalist va blogger Hamza Qashg'ariyni hibsga oldi. Bunga Qashg'ariyning Twitter sahifasida yozilgan, biroq keyinchalik o'chirib tashlangan yozuvlar sabab bo'lgani aytilmoqda.

Bu haqda birinchilardan bo'lib xabar tarqatgan The Wall Streen Journal saytiga ko'ra, jurnalist Hamza Qashg'ariy 9 fevral kuni o'z Twitter sahifasida Muhammad payg'ambar tug'ilgan kuni munosabati bilan bir nechta "tvit" yozadi. Bir oz o'tib esa, musulmon tvitterchilari orasida ko'tarilgan norozilik tufayli, u o'z "tvit"larini o'chirib tashlaydi va barchadan kechirim so'raydi.

Shunga qaramasdan, o'z xavfsizligidan xavotirlangan Qashg'ariy 10 fevral kuni Malayziya orqali Yangi Zenlandiyaga qochmoqchi bo'ldi. Biroq u Kuala Lumpur aeroportida hibsga olindi va Saudiya Arabistoniga qaytariladi.

Mashable saytiga ko'ra, blogger Hamza Qashg'ariy o'z Twitter sahifasida quyidagi yozuvlarni qoldirgan:

"- Tavallud kuningizda sizga aytarim - menga sizdagi isyonkorlik yoqardi, siz men uchun doim ilhom manbai bo‘lgandingiz va menga sizning atrofingizdagi ilohiy nur chambaragi yoqmasdi. Men siz uchun ibodat qilmayman.

Tavallud kuningizda men qayoqqa qaramay, sizning siymoingizni topaman. Men sizning ayrim xislatlaringizni yaxshi ko‘raman, ayrim jihatlaringizdan esa nafratlanaman, ko‘p xususiyatlaringizni tushuna olmayman.

Tavallud kuningizda men sizga ta‘zim qilmayman. Men sizning qo‘lingizni o‘pmayman, balki o‘z tengim qatori qo‘llaringizni siqib qo‘yaman va siz menga tabassum qilgandek men ham sizga tabassum qilaman. Men siz bilan faqat do‘stim bilan so‘zlashgandek gaplashaman, bundan ortiq emas."

Agar Hamza Qashg'ariy shakkoklikda aybdor deb topilsa, u Saudiya Arabistoni qonunlariga ko'ra olimga hukm qilinishi mumkin.

Ayni damda esa Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda Hamza Qashg'ariyni yoqlagan va qoralagan guruhlar tuzilmoqda. Birinchilari inson huquqlar, hususan so'z erkinligi haqida bong urayotgan bo'lsa, ikkinchilari jurnalistni qatl qilishga chaqirmoqda.
XS
SM
MD
LG