Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:46

Orol dengizi muzladi


Muzlagan Orol dengizi.
Muzlagan Orol dengizi.

Fazodan fevral oyi boshida olingan fotosuratlar Orol dengizi muz bilan qoplanganini ko‘rsatmoqda.

Bu yilgi qattiq sovuq tufayli Orol dengizi batamom muzlagan. Fevral oyi boshida fazodan olingan fotosuratlar shundan dalolat bermoqda.

Dekabr oyi oxirida fazodan olingan fotosuratda kichik va katta dengizning sharqiy qismi muz bilan qoplanganligini ko‘rish mumkin edi.

Fevral oyiga kelib esa dengiz batamom muz bilan qoplangan. Fevral oyining dastlabki kunlari kuzatilgan sovuq oqim nafaqat Orol dengizi, balki bu hududdagi ko‘pgina ko‘llarga ham o‘z ta‘sirini o‘tkazdi.

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining qirg‘oqbo‘yi qismi ham muzladi. Orol dengizining 7 fevral kuni fazodan olingan qishqi fotosuratlarida qirg‘oqdagi qor va suvdagi muz bir xil oq rangda ekani ko‘rish mumkin.

"Dengizning qorsiz fotosuratlari bilan hozirgisini solishtirsak, qishki suratlarda dengiz muzlaganini payqash mumkin", deb yozdi O‘zbekiston Geografiya jamiyati a‘zosi Nikolay Gorelkin o‘z blogida.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida joylashgan Orol dengizining bugungi holati dunyodagi eng yomon ekologik halokatlardan biri sifatida baholanadi.

So‘nggi 20 yil badalida Orol dengizi asl hajmining 75 foizini yo‘qotgan.
O‘zbek rasmiylariga ko‘ra, Orol dengizi mumammosi Markaziy Osiyodagi suv va energiya zaxiralaridan oqilona foydalanishga bevosita bog‘liqdir.

Raysmiy Toshkent BMT homiyligida Qambar-Ota va Rog‘un kabi chegaraosha daryolarda qurilgan va qurilayotgan barcha loyihalar yuzasidan xalqaro tekshiruv o‘tkazishni talab etib kelmoqda.
XS
SM
MD
LG