Линклар

O‘zbekiston konstitutsiyasining 19 yilligi munosabati bilan e‘lon qilingan amnistiya bo‘yicha shu kungacha Toshkentda 187 mahbus ozod qilindi.

"Pravda Vostoka" gazetasi ma‘lumotiga ko‘ra, Toshkentda ozodlikka chiqqan sobiq mahkumlarning 122 nafari mehnatga layoqatli bo‘lib, hozirgacha ulardan 48 nafari ish bilan ta‘minlangan, qolganlariga esa ishga joylash bo‘yicha hujjatlar tayyorlanmoqda.

O‘zbekiston mahalliy matbuotiga ko‘ra, yangi amnistiya bo‘yicha jami 10 mingdan ziyod mahbus avf etiladi.

O‘zbekiston Senati Qonunchilik va sud-huquq qo‘mitasi raisi Svetlana Ortiqovaga ko‘ra, yangi amnistiyaga muvofiq diniy-ekstremistik motivlar bilan qamalgan mahkumlar agar qamoqxonada o‘zini yaxshi tutib, prezidentdan kechirim so‘rab, “tuzalish” yo‘liga qa‘tiy kirsa avf etilishi mumkin.

Ayni paytda siyosiy mahkumlar avf etilganlar ro‘yxatiga kirish yoki kirmasligi haqida ma‘lumotlar yo‘q.

Amnistiyaga tushgan mahkumlar ro‘yxati 5 mart kuni e‘lon qilinadi.

Amnistiyani kutayotgan mahbuslar orasida siyosiy va diniy motivlar bilan qamalgan sobiq davlat amaldorlari, siyosiy arboblar, jurnalistlar, inson huquqlari himoyachilari, jumladan, Murod Jo‘rayev, Mamadali Mahmudov, Muhammad Bekjonov, Xayrulla Hamidov, Ruhiddin Faxruddinov, Solijon Abdurahmonov, G‘anixon Mamatxonov, G‘aybullo Jalilov, A‘zam Turg‘unov, Alisher Karomatov, Dilmurod Saidov kabi mahbuslar bor.

Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari hisob-kitobiga ko‘ra, O‘zbekiston qamoqxonalarida 10 mingdan ziyod diniy-siyosiy motivlar bilan qamalgan mahbus bor.
XS
SM
MD
LG