Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:01

Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish 61 foizga ortgan


Xalqaro hamjamiyat Afg‘onistonda narkotiklar savdosiga qarshi qarshi samarali kurash olib boraolmayapti. BMT Bosh kotibi Ban Gi Mun bu haqda bugun ta‘kidladi.

BMT ma‘lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda o‘tgan yilning o‘zida ko‘knori yetishtirish 61 foizga ortgan.

Mamlakat bo‘ylab narkotiklar savdosidan ko‘riladigan daromad yiliga 2 yarim millarad dollarni tashkil etadi. Bu esa, Afg‘oniston yalpi ichki mahsulot hajmining 15 foizi deganidir.

Afg‘onistonda so‘nggi yillar giyohvand yetishtirishga qarshi kurash uchun millionlab dollarlar sarflangan.

Giyohvand moddalarga qarshi siyosat ishlab chiqilgan, ularni noqonuniy ravishda tashish va savdosiga qarshi kurash guruhlari tuzilgan.

Xususan, ko‘knori ekishni to‘xtatgan dehqonlarni moddiy rag‘batlantirish, ularni ko‘knori o‘rniga boshqa qimmatbaho ekinlar ekishga undash shular jumlasidan edi.
XS
SM
MD
LG