Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:02

O‘zbekistonliklar shukr qilib yashashi kerak...mi?


Bahs maydonining navbatdagi sonida Rossiyadagi andijonlik va farg‘onalik mehnat muhojiri "O‘zbekistonliklar Islom Karimov hukumatiga va o‘z hayotlariga shukr qilib yashashi kerakmi yoki yo‘q?" mavzuida bahslashadi.

Arab davlatlarida davom etayotgan inqiloblar, xalq g‘alayonlari mavjud diktatorlik tuzumlariga qarshi qanday kurashish usuli ma‘qul, degan savolni kun tartibiga qo‘ymoqda.

Ba‘zi o‘zbekistonliklar mamlakatdagi hayot og‘irlashib borayotgan bo‘lsa ham bu kunlarga shukr qilib yashash kerak demoqda.

Bunday fikrlaydigan odamlarga ko‘ra, hamma narsa Ollohdan, prezidentga qarshi bosh ko‘tarish yaxshi emas, sabr qilib yashash kerak.

Biroq bu fikrni butunlay inkor qiladigan, odamlar o‘z haq-huquqlari uchun kurashishlari kerak deguvchilar ham aksariyatni tashkil qiladi.

Ana shu mavzuda Rossiyadagi mehnat muhojirlari andijonlik Abdusalom Olimov va farg‘onalik Sobirjon Nabiyev bahslashadi.

Abdusalom Olimov: Men O‘zbekistonda bo‘layotgan va arab davlatlarida bo‘layotgan voqealar o‘rtasida biror xil bog‘liqlik ko‘rmayman. Sababi, arab davlatlarida bo‘ladigan revolyutsiyalar ustida tashqi kuchlar turgani hech kimga sir emas. O‘zbekistonda bo‘layotgan narsalarni esa vaqtinchalik qiyinchilik deb bilaman, sababiki, Ollohning Qur‘oni karimida aytilgan: "Har bir narsani Allohdan deb bilinglar", degan.

Sobirjon Nabiyev: Agar O‘zbekistondagi yaqin 25 yil ichidagi voqealarga qarasak, hamma narsa ayon bo‘ladi. Agar biz sabr qilishda turadigan bo‘lsak, sabr qilishda davom etadigan bo‘lsak bizning kelajagimiz qay ahvolga tushadi, bilmadim, buni Xudo biladi. Lekin Allohning kalomida ham sabr qilib jim yotinglar, degan joyi yo‘q. Insonning o‘zida ham harakat bo‘lishi kerak.

Suhbatning to‘liq variantini quyida tinglang:

XS
SM
MD
LG