Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:03

O‘zbek o‘z xaloskorlariga "minnatdorchilik" bildirdi


Primorye o‘lkasining Yegersheld qo‘rg‘onida boshlangan yong‘inda ikki nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri nobud bo‘ldi, uchinchisining jonini o‘t o‘chiruvchilar saqlab qoldi. Alangandan olib chiqilgan mardikor o‘ziga xos tarzda “minnatdorchilik” bildirdi.

Uch o‘zbek mardikori shaharchaning bir chetidagi kottejlardan birini ta‘mirlash paytida binoning ikkinchi qavatida yong‘in chiqdi. Voqea joyiga yetib kelgan mahalliy o‘t o‘chiruvchilar alanga xonani isitishga mo‘ljallangan moslamadan kelib chiqqanini aniqladi.

Tutunda gangib qolgan ishchilardan ikki nafari zaharlanib nobud bo‘ldi. O‘t o‘chiruvchilar ulardan bittasinigina qutqarib qolishga muvaffaq bo‘ldi. Uning ahvoli shu darajada yomon ediki, xodimlar tez yordam chaqirishga majbur bo‘ldi.

Abgor ahvolda, yupun kiyingan va mast holatda bo‘lgan bu kishini rahmi kelgan o‘t o‘chiruvchilar o‘zlarining mashinasiga isinishga o‘tirgizib qo‘ydi.

Biroq, tutunda miyasi gangib, sovuqda muzlab qolgan o‘zbekistonlik issiqda o‘tirib biroz o‘ziga keldi, shekilli. U vaqtdan ham "unumli" foydalandi: mashina bardachogidagi pul, mobil telefon, kimningdir to‘qilgan qalpog‘i va negadir o‘t o‘chiruvchi guvohnomasini cho‘ntagiga solib oldi.

Haydovchi bardachokda narsalar yo‘qolganini tez yordam mashinasi kelganida va o‘zbekistonlikni unga olib o‘tishayotganida aniqladi.

Azamat mardikor o‘t o‘chiruvchining qalpog‘ini allaqachon boshiga kiyib olishga ulgurgan...

Ëнғиндан қутқарилган ўзбек
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:36 0:00
XS
SM
MD
LG