Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:07

Latviyaliklar rus tiliga rasmiy til maqomi berishni rad qildi


Latviyada 18 fevral kuni o‘tkazilgan referendumda ovoz bergan fuqarolar mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartish kiritib, rus tiliga ikkinchi rasmiy til maqomini berish taklifini rad qildi.

Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, referendumda ovoz berish huquqiga ega fuqarolarning 80 foizi ishtirok etgan.

Saylov uchastkalariga kelganlarning taxminan 75 foizi rus tili ikkinchi davlat tili bo‘lishiga qarshi ovoz bergan.

Latviyadagi ikki million aholining uchdan bir qismini Sovet Ittifoqi davrida ko‘chib borgan ruslar tashkil qiladi.

Latviya parlamentining dekabr oyidagi yig‘ilishida deputatlar rus tiliga ikkinchi davlat tili maqomini berish taklifini rad qilgan edi.
XS
SM
MD
LG