Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:47

Denis Istomin SAP Open tennis musobaqasi finaliga chiqdi


O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin AQShning San-Xose shahrida o‘tayotgan SAP Open musobaqasida frantsiyalik tennischi Julen Bennetoni mag‘labiyatga uchratib final o‘yiniga yo‘llanma oldi.

Istomin va Benneton o‘rtasidagi bellashuv 2 soat 20 daqiqa davom etdi.

25 yashar Istomin finalda 21 yashar kanadalik tennischi Milosh Raonich bilan kuch sinashadi.

Bu Istomin va Raonich o‘rtasidagi birinchi uchrashuv bo‘ladi.

SAP Open musobaqasining 2012 yilgi mukofot puli 531 ming AQSh dollarini tashkil etadi.
XS
SM
MD
LG