Линклар

O‘zbekistondagi ta‘lim tizimi korruptsiyalashib, izdan chikish darajasiga yetgani sir emas. Oliy o‘quv yurtlari, professor-o‘qituvchilari aksariyat ko‘pchiligining bilim saviyasi, savodxonligi, madaniyati nihoyatda past.

Ozodlik tahririyatiga mushtariylarimizdan biri yo‘llagan maktubni “Blogiston” rukni ostida chop etishga qaror qildik. Maktubda o‘zini Rossiyalik professor deb tanishtirgan shaxs o‘z ismini oshkor etmagan. Maktub muallifi O‘zbekistondagi ta‘lim tizimi va bu tizim noqisliklari oqibatlari haqida mulohaza yuritadi.

Tahririyat maktub muallifining yozish uslubini saqlab qoldi va mazkur makutb tahrirsiz e‘lon qilinmoqda. Mazkur maktub mushtariylarimizdan birining shaxsiy fikrlari ekanini va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas‘ul emasligini ta‘kidlab o‘tmoqchimiz.

---------------------------------------------------------------------

Men (O‘zbekiston fuqarosi) fan doktori, professorman va 2004 yildan beri Rossiya universitetlaridan birida ishlayman. Xozirgi kunda kafedra mudiriman, kafedramizda 3 nafar professor, 8 nafar fan nomzodi faoliyat ko‘rsatadi. Ularning barchasi rus va boshka yevropa millati vakillari bo‘lishiga karamay, meni kafedra mudiri qilib bir ovozdan saylashdi.

Bu yerda O‘zbekistonda 1991 yildan so‘ng berilagan ta‘lim to‘g‘risidagi hujjatlarni birortasi, jumladan, fan doktori diplomi va professor attestatlari ham tan olinmaydi. Bu hujjatlarni qayta bor Rossiya Oliy attestatsiya komissiyasi talablari asosida olganman. Demak, ikki bora fan doktori va ikki bora professorman.

Xozirgi kunda ancha katta mikdorida oylik maosh olaman, bu maoshga to‘rtta oilani xech narsaga muhtoj qilmasdan, bemalol bokish mumkin. Universitet tomonidan yangi uydan shinam kvartira berishgan, barcha sharoitlar muhayyo.

Ba‘zan universitetimiz professorlari “Nega senday yukori malakali mutaxassislarga O‘zbekistonda yaxshi sharoit yaratib berishmaydi?” deb savol berishadi. Nima ham derdim? O‘zbekistonda bu savolni menga pasport kontroli tizimida ishlaydigan sobiq talabam bergan: “Nega o‘zimizda ishlamaysiz? Bizga kerak-ku yuqori malakali mutaxassislar. Domla, pasportingizga chegaradan chikish to‘g‘risida belgi qo‘ya olmayman”, degani yodimda. Boshka xech kimni bu masala qiziktirmaydi.

O‘zbekistondagi ta‘lim tizimi korruptsiyalashib, izdan chikish darajasiga yetgani sir emas. Oliy o‘quv yurtlari, professor-o‘qituvchilari aksariyat ko‘pchiligining bilim saviyasi, savodxonligi, madaniyati nihoyatda past. “Meni ham Rossiyaga olib keting”, degani ku. Ammo ular rus tilida ariza yozsa, kamida 15-20 ta xato kiladi. Ularni kayerga olib borib, kimga tavsiya kilasan? Xatto prorektorlar ham talabalarning zachet daftarchasini ko‘tarib yurib, baho qo‘ydirishdan or kilmaydi, boshkasidan nimani kutish mumkin.

Bizning o‘zbek oilalarida farzandi o‘qigan maktabni nomerini bilmaydigan ota-ona ham bolasi maktabni bitirgach, uni pora evaziga o‘qishga kiritish uchun “kerakli odam”ni qidiradi. Molu-xolini sotib, u odamni qo‘liga tutadi. O‘qituvchilarni pora olishga majbur qiladi.

O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtida ishlagan davrimda baho qo‘yib berish to‘g‘risadagi iltimoslardan bezib ketganman, iltimos qildirish uchun eng yaqin birga o‘qigan do‘stlaring yoki qarindoshlaringni topib kelishadi.

Xalqimiz mentalitetining (ma‘naviy psixologik hususiyatlari) eng yomon ko‘rinishlaridan biri bu. Shunday yo‘l bilan o‘qigan talaba kanday mutaxassis bo‘lishi aniq. Nega biz o‘zimizni aldashni yaxshi ko‘ramiz? Meni ishim bitgach kolgani qirilib ketmaydimi kabilida ish ko‘ramiz.

Shu yo‘l bilan bir amallab diplomli bo‘lib olgan shunday odam hokim, rahbar, korxona va vazirlik boshlig‘i bo‘lib olsa (haqiqatda yaxshi o‘qigan talabalar emas, aynan shundaylar boshliq bo‘ladi, chunki bular olish-berish, kimga qullik qilishni yaxshi o‘rganib olgan bo‘ladi), “Adolat yo‘q”, deb jar solamiz.

Rossiyalik talabalar o‘z huquqini yaxshi biladi, domla nima desa chopib ketavermaydi, talashadi, tortishadi. “Meni farzandimga yoki jiyanimga baho qo‘yib Bering”, degan iltimosni aytishga o‘zimizni kafedradagilar ham jur‘at etmaydi.

Kachon biz - o‘zbeklar qing‘ir ish bilan kun kechirishni to‘xtatamiz, halol-xaromni farqiga boramiz? Bularga kim aybdor? Shunday bo‘lgach kimlardandir adolat talab kilishga haqqimiz bormi?

Professor Rossiya
XS
SM
MD
LG