Линклар

logo-print

Avtomobil xaridorlari ogohlantirilmoqda


Ko‘pchilik o‘zbekistonliklar uchun ushalmas bo‘lgan mashina orzusining ushalishi yanada qiyinlashdi.

Ko‘pchilik o‘zbekistonliklar uchun ushalmas bo‘lgan mashina orzusining ushalishi yanada qiyinlashdi.

Toshkentda joriy qilingan avtomobil sotib olish uchun bir yillik kommunal xizmatlar to‘lovini oldindan to‘lab qo‘yish tartibi viloyatlarga ham ko‘chdi. “Damas” olish uchun navbatda turgan xorazmlik xaridor avtodo‘kondan 2012 yil uchun gaz va elektr to‘lovini to‘lab qo‘yish “topshirig‘i”ni oldi.

Xorazm viloyatining Pitnak tumanida yashovchi Shukurjon Iskandarova Rossiyada ishlayotgan farzandlari yuborayotgan pul hisobidan “Damas” avtomobili sotib olish uchun Urganch shahridagi avtosalonga ariza berib qo‘ygan edi.

Shukurjon opaga ko‘ra, kutilmaganda unga avtosalondan qo‘ng‘iroq qilib, 2012 yil uchun gaz va elektr to‘lovlari to‘langani haqidagi ma‘lumotni olib kelib ko‘rsatish so‘ralgan:

- Bizlar Urganch avtoparkidan mashina olmoqchi edik. Salondan gaplashib qo‘ygan edik. 35 yil paxtada ishlab biz ham bir mashina olaylik dedikda. Endi bolalar katta bo‘ldi, Rossiyada ishlashyapti. Bizlarga “Gazdan, svetdan, nalogdan qarzlaringiz yo‘qmi?” deb telefon qilishdi. Mening qarzim yo‘q. Spravka uchun gaz idorasiga borsam, “400 ming so‘m oldindan to‘lang” deydi. “Prezidentning qarori bor” deydi. “Ko‘rsat”, desam, ko‘rsata olmaydi. Salonlarga shunaqa buyruq chiqqanmikan? “Qarzi bo‘lmasa bersin” degan buyruq bormikan?- deydi Shukurjon Iskandarova.

Shukurjon Isroilovaga ko‘ra, uning gaz va elektr energiyasi uchun to‘lovlardan qarzi yo‘q, biroq bir yillik to‘lovlar to‘langani haqida ma‘lumot ko‘rsatilmasa, mashina ololmasligi aytilgan.

Ozodlik “O‘zavtosanoat” hissadorlik kompaniyasining Urganch shahridagi avtodo‘koni bilan bog‘landi. O‘zini Dilshod deb tanishtirgan sotuvchiga ko‘ra, bunday buyruq kompaniya tomonidan berilgan va ular avtomobil sotib olish uchun navbatda turgan xaridorlarni ogohlantirib chiqmoqda:

- Mashina sotib olish uchun fuqaro soliqdan qarzi yo‘qligi, kommunal to‘lovlardan qarzi yo‘qligi haqida spravka taqdim etishi lozim. 2012 yil uchun to‘lovlar to‘langan bo‘lishi kerak,- deydi avtosalon sotuvchisi Dilshod.

Avtomobil xarid qilmoqchi bo‘lgan odamlardan bir yil uchun oldindan kommunal to‘lovlarni to‘lab qo‘yish tartibi fevral oyidan boshlab Toshkentda joriy qilingan edi.

Bundan sal avval poytaxtdagi korxona va tashkilotlar rahbarlariga kommunal to‘lovlar haqidagi ma‘lumotni taqdim qilganidan so‘ng qo‘l ostidagi ishchilarga maosh berish haqida topshiriq bo‘lgan edi.

Bundan tashqari o‘qituvchi va shifokorlar kabi byudjet xizmatchilaridan bunday to‘lovlar oyliklaridan ushlab qolinishi aytiladi.
XS
SM
MD
LG