Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:41

Olmaliqda kollej direktori hibsga olindi


Olmaliq shahar Politexnika kolleji direktori Davron Xoliyorov pora oldi-berdisiga aloqadorlikda ayblanib qo‘lga olindi.

Voqeadan xabardor Ozodlik manbasiga ko‘ra, 45 yashar Davron Xoliyorov 17 fevral kuni Olmaliq shahar prokuraturasining Soliq, valyuta va noqonuniy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash boshqarmasi tomonidan qo‘lga olingan.

Olmaliq shahar prokuraturasining navbatchi xodimi Xoliyorovning hibsga olinganini tasdiqladi. Biroq voqea tafsilotlarini ochiqlamadi.

Ismini oshkor qilmayotganimiz Xoliyorovning qarindoshlaridan biriga ko‘ra, kollej direktori pora olishga aloqadorlikda ayblanib ushlangan.

Xoliyorovning qarindoshiga ko‘ra, o‘tgan oyda Olmaliq shahar Politexnika kollejining direktor o‘rinbosari va kollejning marketing bo‘limi rahbari JKning 205-moddasi (Mansab vakolatini suiiste‘mol qilish) va 210-moddasi (Pora olish) bilan ayblanib, ushlangan. Keyin ularning ko‘rsatmalariga asosan Davron Xoliyorov hibsga olingan.

“Davron Xoliyorovning aybi yo‘q, Departament tergovchilari zamdirektor va marketing bo‘limi rahbaridan qiynoq asosida unga qarshi ko‘rsatma olgan” deydi Xoliyorovning qarindoshi.

Keyingi oylarda O‘zbekistonda poraxo‘rlik aybi bilan qator ta‘lim sohasi vakillari qo‘lga olinib, mahkamaga tortilish holatlari kuzatildi.

7 fevral kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudi poytaxtning Hamza tumanidagi 206-maktab direktori 42 yoshli Xosiyat Muqimovani 5,5 yilga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqardi.

24 yanvar kuni o‘zini osib o‘ldirgan Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi 25 maktab direktori, 50 yoshli Hamdam Pardayevning o‘z joniga qasd qilishiga maktabdagi moliyaviy muammolar yuzasidan boshlangan taftish sabab bo‘lgani aytildi.

O‘tgan yilning dekabrida ham Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi 26-sonli “Mehribonlik uyi” direktori Sohibaxon Hamroqulovani soxta hujjatlar orqali 16 million so‘mni o‘zlashtirganlikda aybdor deb topdi.
XS
SM
MD
LG