Линклар

logo-print
Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osië bo‘yicha ërdamchisi o‘rinbosari Syuzan M. Elliot yetakchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvda 2014 yildan keyin Manas aeroportida “xorij qo‘shinlari” qolmasligi kerakligini bayon qildi.

AQSh harbiylari Bishkek yaqinidagi Manas aeroportidan Amerika harbiylarining Afg‘onistondagi operatsiyalarini amalga oshirishida tranzit markazi sifatida foydalanayotgani uchun Qirg‘iziston hukumatiga ijara haqi to‘lab keladi.

O‘tgan hafta Atambev Rossiya harbiylari Qirg‘iziston hududidan foydalangani uchun o‘z vaqtida haq to‘lashini Moskvadan talab qilishga va‘da bergan.

Rossiya rahbarlari bilan muzokara olib borish uchun prezident Atambayevning yaqin fursatda Moskvaga borishi kutilmoqda.

Qirg‘izistonda Rossiyaning bir necha harbiy inshooti, jumladan, uzoq masofadan aloqa qilish markazi va torpedo sinov markazi bor.
XS
SM
MD
LG