Линклар

Rossiya prezidentiligi uchun saylovda ovoz berish O‘zbekistonda muddatidan oldin o‘tkazilmoqda.

Rossiya fuqarolari 19 fevral kuni Zarafshon, Navoiy va Samarqand shaharlarida Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan saylov uchastkalarida ovoz berdilar.

Yaqinda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev Rossiya prezidentiligi uchun saylov O‘zbekistonning yettita shahrida muddatidan oldin o‘tkazilishini ma‘lum qilgan.

Navbatdagi ovoz berish 25 fevral kuni Farg‘ona shahrida, 26 fevral kuni esa Andijon, Olmaliq va Chirchiq shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

Rossiyada prezident saylovi 4 mart kuniga belgilangan.

Regnum axborot agentligi xabariga ko‘ra, hozir O‘zbekistonda Rossiyaning qariyb 41 ming fuqarosi yashamoqda.
XS
SM
MD
LG