Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:12

Markaziy bank sobiq mulozimlari qochgani aytilmoqda


Yil boshidan beri valyuta operatsiyalariga oid litsenziyasi olib qo‘yilgan banklarda yuz millionlab AQSh dollari miqdoridagi firibgarliklar sodir etilgani aytilmoqda.
Yil boshidan beri valyuta operatsiyalariga oid litsenziyasi olib qo‘yilgan banklarda yuz millionlab AQSh dollari miqdoridagi firibgarliklar sodir etilgani aytilmoqda.

O‘zbekistonda chiqdaigan yarim-rasmiy “Novosti Uzbekistana” gazetasi o‘z manbalariga tayanib, mamlakat Markaziy bankining ikki nafar sobiq amaldori mamlakatni tark etgan bo‘lishi mumkinligini yozmoqda.

Aytilishicha, amaldorlar O‘zbekistonning Agrobankida 250 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘ o‘marilganidan keyin g‘oyib bo‘lgan. O‘zbekiston hukumatidagi manba bilvosita tasdiqlagan bu xabarni yarim-rasmiy 12.uz sayti ham ko‘chirib bosgani “mish-mish darajasida”, deb aytilayotgan xabarda jon borligiga ishora qiladi.

“Novosti Uzbekistana” gazetasi mustaqil gazeta hisoblansada, O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan va bir narsani bilmasa, “ancha-muncha” xabarni bermaydi.

Gazetaning 17 fevral kuni yozishicha, O‘zbekiston Markaziy bankining ikki amaldori g‘oyib bo‘lgan va, “Novosti Uzbekistana” muxbiri Botir Xamroxovning shama qilishicha, katta miqdordagi pullarning o‘marilganiga aloqador bo‘lgan bu amaldorlar qochib ketgan bo‘lishi mumkin.

Ozodlikning O‘zbekiston hukumatidagi manbalaridan biri muxbiringiz bilan o‘zaro suhbatda Markaziy bankning kamida bir mulozimi haqiqatan mamlakatni tark etganini bilvosita tasdiqladi. Suhbatdoshimiz gap Markaziy bank raisining sobiq maslahatchisi Murod Yoqubjonov haqida ketayotgan bo‘lishi mumkinligiga ishora qildi. Aytilishicha, Murod Yoqubjonov yil boshida ishdan bo‘shab ketganidan beri uni hech kim ko‘rmagan.

“Kimga bo‘hron – kim uchun cho‘ntakni to‘ldirish fursati” nomli maqola muallifi gapni Fitch Ratings xalqaro agentligining O‘zbekistondagi Agrobank reytingini to‘rt pog‘ona tushirib yuborganidan boshlaydi. Go‘yoki, bunga Agrobankda 250 milliard so‘m (rasmiy kursda 136,4 million AQSh dollari) miqdoridagi pulni o‘margani sabab bo‘lgan.
Bundan tashqari, “Novosti Uzbekistana” gazetasiga ko‘ra, g‘oyib bo‘lgan amldorlar yaqinda valyuta operatsiyalarini amalga oshirish litsenziyasi tortib olingan HI-TECH bankidagi moliyaviy firibgarliklarga aloqdor bo‘lgan.

Aytib o‘tganimizdek, maqolada Markaziy bank rahbarlarining qochib ketgani haqidagi xabarlar “hozircha mish-mish darajasida” deyiladi. Lekin O‘zbekistonda chiqadigan yana bir yarim-rasmiy 12.uz nashrining ushbu xabarni ko‘chirib bosgani “mish-mish”ning chin bo‘lib chiqish ehtimolini kuchaytiradi.

Ozodlikning O‘zbekiston hukumatidagi manbasi “g‘oyib bo‘lgan” Markaziy bank sobiq amaldorining Agrobank yoki HI-TECH bankiga doir janjallar bilan qay darajada bog‘liqligidan xabari yo‘qligini aytdi.

O‘zbekiston moliya vazirligi va O‘zbekiston Banklar uyushmasi sobiq mulozimi, hozirda Ostonadagi Yevroosiyo institutining Iqtisodiyot fakulteti dekani Saparboy Jubayev Ozodlik bilan suhbatda Agrobankdagi vaziyatdan xabari borligini aytadi. Uning aytishicha, keyingi ikki-uch yil ichida bu bankda katta miqdorda pul yo‘qolgan.

– Agroprom bank to‘g‘risida ikki-uch yildan beri gap bo‘layapti. Nima bo‘ldi deganda, odamlardan yig‘iladigan depozitlar, korxonalardan yig‘iladigan depozitlar xalq xo‘jaligiga kredit berishning o‘rniga ko‘p shaxslar sun‘iy korxonalar tuzib, ularga kredit berilib, pul o‘zlarining maqsadi uchun ishlatilgan. Masalan uy olish uchun, mashina olish uchun, boshqa boyliklar orttirish uchun ishlatilgan degan gap chiqqan edi,- deydi O‘zbekiston banklar uyushmasi sobiq mulozimi.
“Novosti Uzbekistana” maqolasida ham Agrobank va HI-TECH banki orqali kredit berish bilan bog‘liq qallobliklar amalga oshirilganiga ochiq ishora qilingan.

Agar bu gaplar rost bo‘lib chiqsa, birgina Agrobankning o‘zidan 136 million AQSh dollaridan ortiq pulning o‘marilgani haqida gap ketmoqda. O‘zbekiston sharoitida esa buncha miqdordagi pulning o‘zlashtirilishi uchun, yo‘q deganda, Markaziy bankda “tayanchi” bo‘lishi kerak, deyadi Saparboy Jubayev.

– Markaziy bankning shuni nazorat qiladigan odamlari bor. Shular agar uch oygacha shu informatsiyani (bank aylanmasidagi pullar maqsadsiz ishlatilayotgani yoki olib chiqilayotgani to‘g‘risidagi ma‘lumot-tahr.) aytmasdan tursa, rahbarlar bilmasligi mumkin. Monitoring qilib turadigan odamlar bor. Kuchli mutaxassis. Har kuni bo‘lmasa ham ikki-uch kunda, haftasiga bir marta banklarning pullari qayoqqa ketdi, ular qarab turadi. Shu vaqtda bank rahbari “Ertaga joyiga qo‘yaman, indinga joyiga qo‘yaman, juda yaxshi operatsiya bo‘layapti. Rossiyaning yaxshi obligatsiya qog‘ozlarini sotib olib, bir-ikki haftadan keyin sotsam, juda katta foyda ko‘raman. Hozir indamasdan turing” deyilsa, mutaxassis rahbariga aytmasligi mumkin. Unda rahbar bilmasligi mumkin. O‘ylaydi – hammasi joyida ekan deb. Keyin uch oydan keyin chiqadi u chorak hisobotidan,- deydi O‘zbekiston banklar uyushmasi sobiq mulozimi Saparboy Jubayev.

Yil boshidan beri O‘zbekistondagi Kredit-Standart va HI-TECH banklari amaldagi qonunchilikni buzgani vajidan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish litsenziyalaridan mahrum etildi. Mustaqil kuzatuvchilar buning ortidagi asl sabablar nomlari tilga olingan banklarning pul yuvish amaliyotlariga aralshagani bilan bog‘liqligini aytishmoqda. Aytilishicha, yuz millionlab AQSh dollari miqdoridagi firibgarliklarga Markaziy bank va boshqa hukumat idoralari amaldorlari aralashgan bo‘lishi mumkin.
XS
SM
MD
LG