Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:37

Afg‘onistonda 41 kishi sovuqda qotib o‘ldi


Kobul tashqarisidagi Charxi Qambar qochqinlar lageri.
Kobul tashqarisidagi Charxi Qambar qochqinlar lageri.
Afg‘oniston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi G‘ulom Sahi Kargar so‘nggi kunlarda havo xarorati keskin pasayib ketgani oqibatida 41 kishi qahraton soquvda qotib o‘lganini bildirdi.

Kargar nobud bo‘lganlardan uch nafari bolalar ekanini aytdi.

Vazirlik rasmiysiga ko‘ra, sovuqda o‘lganlardan 24 nafari urush harakatlari bois o‘z uyini tashlab Kobul atrofida tashkil etilgan lagerlarga kelib yashayotgan fuqarolar bo‘lgan.

G‘ulom Sahi Kargar sovuqdan aziyat chekkan odamlarga yordam ko‘rsatish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi sayyor kasalxonalar tashkil qilishga urinayotganini bildirdi.
XS
SM
MD
LG