Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:15

Windows logosi ko'k rangda bo'ladi


Windows 8 logosi ko'k rangda bo'ladi. Surat Windows Team rasmiy blogidan olindi.
Windows 8 logosi ko'k rangda bo'ladi. Surat Windows Team rasmiy blogidan olindi.
Kompyuter foydalanuvchilariga qadrdon bo'lib qolgan Windows operatsion tizimining yangi versiyasida logotip ko'k rangga o'zgartiriladi. Bu haqda Windows rasmiy blogida e'lon qilindi.

Windows operatsion tizimining qizil, sariq, yashil va ko'k rangdagi to'rt to'rtburchakdan tashkil topgan eski logosi endi faqat bir rang - ko'k rangda bo'ladi. Yangi logotip g'oyasini Pentagram shirkati ishlab chiqgan. Blogda yozilishicha, yangi logo o'z tuzilishi bilan eskilaridan farqli o'laroq xilpirab tugan bayroqni emas, balki deraza shaklini eslatadi ("windows" so'zi tarjimasi "derazalar" - tahr.).

Windows 7 logosi.
Windows 7 logosi.
Logotipning almashishiga, rasmiy blogda aytilishicha, Windows operatsion tizimining funksiyalarini tubdan o'zgarishi sabab bo'ldi. "Pusk" tugmachasidan voz kechgan va boshqa bir qator yangiliklarni o'z ichiga olgan Windows 8 operatsion tizimining "beta", ya'ni sinov versiyasi joriy yilning iyun oyida sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Windows operatsion tizimi birinchi bo'lib 1985 yili Bil Geyts (Bill Gates) boshqargan Microsoft shirkati tarafidan ishlab chiqilgan edi. Ko'k rangdagi yangi logotip Windows ning eng birinchi logosini eslatadi. U ham ko'k rangda bo'lgan. Bir nechta rangli logo Windows ning 3-versiyasida 1990 yili tadqim etilgan.
XS
SM
MD
LG