Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:03

Turkmanistonda Gmail yopildimi?


Turkmanistonlik Internet foydalanuvchilar besh kundan beri Google shirkatiga tegishli Gmail elektron pochtasi xizmatiga kira olmayapti. Bu haqda "Xronika Turkmenistana" online nashri xabar tarqatdi.

Nashrga ko'ra, taniqli elektron pochta xizmatiga mamlakat ichida blok qo'yilishi qaytatdan saylangan prezident Qurbonquli Berdimuhamedovning inauguratsiya marosimi oldidan ko'rilayotgan xavfsizlik tadbirlaridan biri bo'lishi mumkin.

O'zbekiston kabi Turkmaniston ham Internetni qattiq nazorat ostida ushlab turuvchi davlatlar qatoriga kiradi. Turkman hukumati bir qator muxolifat veb saytlariga va mustaqil online nashrlar veb sahifalariga bir necha yildan beri to'siq qo'yib keladi. Internet foydalanuvchilari esa qattiq nazorat ostida.

"Farg'ona" axborot agentligiga ko'ra, Turkmaniston hukumati YouTube, LiveJournal, Facebook va Twitter kabi taniqli saytlarga ham to'siq qo'ygan.

Turkman hukumatining Internetda senzura o'rnatish bo'yicha qilayotgan harakatlari uchun Chegara Bilmas Muxbirlar tashkiloti har yili Turkmanistonni "Internet dushmanlari" ro'yxati qatoriga qo'shib keladi. Bu ro'yxatda O'zbekiston ham mustaxkam o'rin olgan.

Eslatamiz, Google shirkatiga tegishli Gmail elektron pochtasi xizmati yuqori darajadagi xavfsizligi bilan ajralib turadi.
XS
SM
MD
LG