Линклар

21 fevral kuni Bishkek markaziy maydonida “murakkab biorobot” - Rossiya Bosh vaziri Vladimir Putin bilan bog‘liq ikkita tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlardan biri Bishkekdagi “Xalq akademiyasi” tashkiloti tomonidan o‘tkazildi.

“Xalq akademiyasi”ning 40 dan ortiqroq vakillari Bishkek markaziy maydoniga “Putin murakkab biorobot. U dunyoni qutqaradi”, “Rossiyaliklar uyg‘otinglar! Putin bilan Insoniyatni qutqarasizlar!” (Rossiyane –razbuditesь! Vmeste s Putinыm, spasete Chelovechestvo!) kabi shiorlarni ko‘tarib kirishdi. Tadbir ishtirokchilari Putinni Buyuk Vladimir deb atashdi.

Tadbir ishtirokchilari Putinning "murakkab biorobot" ekaniga ishonishadi.

Tadbir ishtirokchilari Putinning "murakkab biorobot" ekaniga ishonishadi.

​- Bu tadbirdan maqsad Vladimir Vladimirovich Putin- Vladimir-Buyuk Vladimirning o‘zgachaligini butun dunyoga tanitishdir. Vladimir o‘zining o‘zgachaligini hali tushunib yetgani yo‘q. Uning missiyasi o‘ta muhimdir. Biz Rossiya muxolifatidan Putinga halaqit bermaslikni iltimos qilamiz. Bugun butun dunyo Putinga muxtoj. Bizning tadbir siyosiy buyurtma emas. Biz siyosatga qiziqmaymiz, bizni Insoniyatning kelajagi tashvishlantirmoqda, -dedi xalq akademiyasi vakili Mirlan Asakeyev.

“Xalq akademiyasi” vakillari Buyuk Vladimirni qo‘llab namoyish o‘tkizayotgan Bishkek markaziy maydoniga shu asnoda yana bir tadbir ishtirokchilari kirib kelishdi. Noma‘lum uch kishidan iborat bu guruh karton qog‘ozlardan qilingan robot shaklini kiyib olishgan, uch robotning yuz qismiga Putin, Obama va Sarkozilarning suratlari yopishitirlgan edi.

Mana bu shiorning ma‘nosiga esa xech kim tushunmadi.

Mana bu shiorning ma‘nosiga esa xech kim tushunmadi.

Ular Bishkek markaziy maydoniga “Bizni uyimizga qo‘yib yuboringlar! Biz biorobotlar sayyorasidanmiz! Bizga ovoz berishni to‘xtating!” kabi shiorlarni aytib kirishdi.

- Biz Neberu sayyorasi vakillarimiz. Biz bu yerga o‘z rahbarlarimiz: Putin, Obama va Sarkozilarni qutqarish va Neberu sayyorasiga olib ketish uchun keldik. Sayyoramizga qaytgach, ularga yangi boteks o‘rnatiladi va miyasi qayta formatlashtiriladi. Bizga ovoz bermang! Bizni saylamang, -dedi Putin qiyofasidagi biorobot jurnalistlarga.

Murakkab biorobotlar Neberu sayyorasiga qaytishni orzu qilishmoqda

Murakkab biorobotlar Neberu sayyorasiga qaytishni orzu qilishmoqda

“Xalq akademiyasi” rahbariyati dunyo internet foydalanuvchilariga “Zima ne budet” videoroligi bilan mashhur bo‘lgan. Interenetga joylashtirilgan bu rolikni shu kungacha 4 milliondan ortiq odam ko‘rgan.

Mazkur videorolik o‘tgan yilning oktyabr oyida “Xalq akademiyasi” rahbari Arstanbek Abdildayev va Mirlan Asakeyev Bishkekda o‘tkazgan matbuot anjumanida yozib olingan edi. O‘sha matbuot anjumanida Arstanbek Abdildayev va Mirlan Asakeyev qirg‘izlar dunyodagi eng qadimgi va birinchi millat bo‘lganini, Odam Atoning Y xromosomasi qirg‘izlarga taaluqli ekanini, insoniyatni yaqinlashib kelayotgan balolardan “murakkab biorobot Vladimir Putin va qirg‘izlar qutqarishini”, joriy yilda umuman qish bo‘lmasligini iddao qilishgan edi.

Suratlar Bishkekdagi knews.kg agentligi tomonidan Ozodlikka lutfan taqdim etildi.
XS
SM
MD
LG