Линклар

Vaziyat yana qiyinlashdi: O‘zbekiston - Iroq 1:2


O‘zbekiston jamoasi o‘yinchisi Fozil Musayev (ch) va Iroq jamoasi a‘zosi Saif Salmon, Doha, 2012 yil 21 fevral.

O‘zbekiston jamoasi o‘yinchisi Fozil Musayev (ch) va Iroq jamoasi a‘zosi Saif Salmon, Doha, 2012 yil 21 fevral.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya jamoasi 2012 yilda Londonda bo‘ladigan Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma olish uchun 21 fevral kuni Qatarda Iroq jamoasiga qarshi javob o'yini o'tkazdi.

O‘yini 2:1 hisobida Iroq jamoasi g‘alabasi bilan yakunlandi. Saralash bosqichining "B" guruhida bellsashayotgan ikkala jamoaning birinchi uchrashuvi 2011 yil 21 sentabrida Toshkentda o'tgan edi. Unda O'zbekiston 2:0 hisobi bilan g'alaba qozongan.

Iroq - O'zbekiston uchrashuvidagi gollar:



Ayni damda "B" Guruhidagi vaziyat quyidagicha o'zgardi:

"B" Guruhi O' Yu D M T-H O
1 BAA 4 2 2 0 4-0 8
2 O'zbekiston 5 2 2 1 5-2 8
3 Iroq 5 0 1 3 2-7 4
4 Avstraliya 4 0 3 1 0-2 3

Eslatamiz, 8 ochko bilan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi "B" guruhida yetakchilik qilib kelayotgan edi. Biroq FIFA qaroriga ko'ra, Iroqning 2011 yil 27 noyabrda Birlashgan Arab Amirliklari jamoasiga qarshi o'tkazgan o'yini natijasi bekor qilindi. 2:0 hisobi bilan g'alaba qozongan Iroq jamoasiga texnik mag'lubiyat yozilib, BAA jamoasiga 3:0 hisobida g'alaba qayd etildi. Bunga, FIFAga ko'ra, Iroqning jarimaga tortilgan o'yinchisi maydonga tushgani sabab bo'lgan.

"B" Guruhida qolgan o'yinlar jadvali quyidagicha:

22.02.2012 - BAA - Avstraliya (Muhammad Bin Zayyid stadioni)
14.03.2012 - O'zbekiston - BAA (JAR stadioni)
14.03.2012 - Avstraliya - Iroq (Parramatta stadioni)

Eslatamiz, ayni damda osiyolik futbol bo'yicha olimpiya terma jamoalariga 2012 yili Londonda o'tadigan Olimpiadada qatnashish huquqini beruvchi saralash o'yinlarining 3-turi bormoqda. Bu turda 12 mamlakat terma jamoalari uch guruhga - "A", "B", "C" guruhlariga bo'lingan. Guruhlarda go'lib bo'lgan jamoalar (ya'ni uch terma jamoa) Olimpiadada qatshanish huquqini qo'lga kiritadi.

Ikkinchi o'rinni egallangan uch jamoa esa bir-birlari bilan bellashishadi. Eng ko'p ochko to'plagan terma jamoa Africa Futbol Konfederatsiyasidagi huddi shunday jamoa bilan pley-off uchrashuvida Londonga borish huquqi uchun kurashadi.
XS
SM
MD
LG