Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:59

Rossiyadan yana bir o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi


Arxangelsk shahrining Oktyabrskiy tuman sudi Rossiya Federatsiyasi hududida yashashga ruxsat beruvchi hujjatning muddati tugaganidan keyin mamlakatdan chiqib ketmagan 24 yashar o‘zbekistonlikni vataniga deportatsiya qilish haqida qaror chiqardi.

20 fevral kuni Arxangelskdan samolyotda Moskvaga jo‘natilgan O‘zbekiston fuqarosi Federal xavfsizlik xizmati xodimlariga topshirilgan.

Novosti29.kg Internet sayti xabariga ko‘ra, ismi oshkor etilmagan shaxsni 21 fevral kuni kechki reys bilan O‘zbekistonga jo‘natib yuborish rejalangan.

Bu O‘zbekiston fuqarosining Arxangelskdan birinchi marta deportatsiya qilinishidir.

Rossiya Federal Migratsiya tashkiloti ma‘lumotiga ko‘ra, o‘tgan yil 13 million 600 ming xorijlik Rossiyaga qonuniy tarzda kelgan. Ularning 13,8 foizini O‘zbekiston fuqarolari tashkil qiladi.

Norasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, 5 milliondan 8 milliongacha o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlash uchun borgan. Ular orasida noqonuniy migrantlar ko‘pchilik ekani aytiladi.
XS
SM
MD
LG