Линклар

Toshkentda kirakash “ov”i kuchaydi


Turli taxminlarga ko‘ra, Toshkentda litsenziyasiz taksichilar soni bir necha o‘n ming nafarga yetadi.

Turli taxminlarga ko‘ra, Toshkentda litsenziyasiz taksichilar soni bir necha o‘n ming nafarga yetadi.

Toshkentda ichki ishlar va soliq idoralari hamkorligida litsenziyasiz kira qilayotgan haydovchilarni aniqlash maqsadida reydlar tobora ko‘paymoqda.

Soliq idorasiga ko‘ra, 2012 yilning yanvar oyida birgina poytaxtda 1000dan ziyod reyd uyushtirildi. Tekshiruvlar davomida litsenziyasiz kira qilayotgan qariyb 2100 haydovchi aniqlangan.

Ularning ko‘pchiligi ma‘muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, ba‘zilariga jinoiy ish ochilgan.

O‘zbekistonda 2012 yilning 1 yanvaridan “Yo‘nalishli taksi faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori kuchga kirdi. Unga muvofiq, yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan haydovchi litsenziya olishi shart.

Litsenziyasiz kira qilgan fuqaro eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarimaga tortiladi (ayni paytda eng kam oylik ish haqi – 62920 so‘m). Ushbu holat takroran ro‘y bersa, transport vositasi musodara qilinib, haydovchi jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, Toshkentda 1200 dan ortiq litsenziyaga ega yo‘nalishli taksi faoliyat yuritmoqda. Ammo bu bir necha million aholi yashaydigan shahar uchun nihoyatda kam.

Norasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, qonun kuchga kirgunga qadar O‘zbekiston poytaxtida 35 ming atrofida litsenziyasiz "kirakash" bo‘lgan.
XS
SM
MD
LG