Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:02

O‘zbekiston pilotsiz uchog‘i qozoq chegarasini buzgan


KTK uchuvchsiz boshqariladigan uchoq aholi uylari uzra parvoz qilayotgani aks etgan vidiotasvirlarni ham namoyish qildi.
KTK uchuvchsiz boshqariladigan uchoq aholi uylari uzra parvoz qilayotgani aks etgan vidiotasvirlarni ham namoyish qildi.

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistoning pilotsiz boshqariladigan samolyoti qozoq chegarasini buzib, mamlakat havo hududiga noqonuniy o‘tganiga oid xabarni tasdiqladi.

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot vakili Ilyos Umarov Ozodlik muxbiri bilan suhbatda ikki davlat tegishli idoralari mazkur hodisa yuzasidan so‘zlashuv olib borayotganini ma‘lum qildi.

- Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari shtabi O‘zbekistonning uchuvchisiz boshqariladigan uchog‘i Qozog‘iston chegarasini buzgani faktini aniqladi. Mazkur intsident yuzasidan O‘zbekiston tomoniga bildirishnoma yuborildi va ikki davlat tegishli idoralari bu borada so‘zlashuvlar olib bormoqda,- dedi Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi matbuot vakili Ilyos Umarov.

Avvalroq, Qozog‘istonning KTK kanali 16 fevral kuni O‘zbekistonning pilotsiz samolyoti Qozog‘iston g‘arbiy chegarasini kesib o‘tgani, mamlakat g‘arbidagi Beyneu posyolkasi uzra past balandlikda 15 daqiqa parvoz qilib, qo‘shni davlat, ya‘ni O‘zbekiston hududiga qaytib g‘oyib bo‘lgani haqda xabar qilgandi.

KTK uchuvchsiz boshqariladigan uchoq aholi uylari uzra parvoz qilayotgani aks etgan vidiotasvirlarni ham namoyish qildi.

O‘zbekiston pilotsiz samolyotlarga ega ekani borasida shu paytgacha ma‘lumot yo‘q edi. Lekin rasmiy Toshkent AQShning uchuvchisiz boshqariladigan josuslik uchoqlarining o‘z hududi orqali uchirilishiga ruxsat bergani aytiladi.

Aviatsiya sohasi bo‘yicha ixtisoslashgan amerikalik tahlilchi Stefen Trimblning The DEW Line nashrida e‘lon qilingan blogida yozishicha, Qozog‘iston havo hududida qayd etilgan uchoqning AQShniki emasligi aniq.

“Uchoq Predator yoki Reaper (MQ-9) emasligi aniq. U juda kichkina. Lekin, Xitoyning Pterodactyl/Wing Loong uchqichiga o‘xshab ketadi”,- deb yozdi Trimbl.

- Qanday rusumli uchoq ekani o‘zbek tomoniga ayon. Bizdagi ma‘lumotlarga ko‘ra, uchoq O‘zbekistonga tegishli,- deya izohladi bu xabarni Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi matbuot vakili Ilyos Umarov.

Hozircha Qozog‘iston g‘arbiy chegarasida ro‘y bergan mazkur hodisa borasida o‘zbek rasmiylari tarafidan munosabat bo‘lmadi.
XS
SM
MD
LG