Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:24

Maxsus xizmatlar telefon raqamlari o‘zgaradi


O‘zbekistonda “O‘t o‘chiruvchilar”, “Militsiya”, “Tez tibbiy yordam” kabi maxsus xizmatlarning telefon raqamlari o‘zgaradi.

Bir haftadan so‘ng O‘zbekistonda maxsus xizmatlarning 01 (o‘t o‘chituvchilar), 02 (militsiya), 03 (tez tibbiy yordam), 04 (tabiiy gaz ta‘miri), 09 (telefon ma‘lumotlari) kabi 0 bilan boshlanadigan barcha telefon raqamlari o‘zgaradi.

“O‘zbektelekom” shirkatining ismini oshkor qilmagan xodimiga ko‘ra, endilikda 0 bilan boshlanadigan barcha telefon raqamlarining oldiga 1 raqami qo‘yiladi.

- 01, 02, 03, 04 dan 09 gacha bo‘gan barcha raqamlar, umuman, maxsus xizmatlarning 0 bilan boshlanadigan telefon raqamlarining oldiga 1 qo‘shiladi. O‘t o‘churuvchilar 01 edi, endi 101 bo‘ladi. Militsiya 02 edi, endi 102 bo‘ladi. Endi “skoriy” chaqirsangiz 03 termasdan, 103 ga qo‘ng‘iroq qilshingiz kerak bo‘ladi,- deydi “O‘zbektelekom” xodimi.

Shuningdek, endilikda O‘zbekistonda mobil telefon raqamlarining prefikslari o‘zgaradi. Uchta kompaniya - “Beeline”, MTS va “Perfectum Mobile”ning old qo‘shimchasi 100-109 raqamlaridagi 1 o‘rniga 8 qo‘yiladi.

- Endilikda adashib ketmaslik uchun 1 bilan boshlanadigan mobil telefonlarning raqamlari o‘zgaradi. Masalan, 103 da joylashgan MTS ning barcha raqamlari 8 ga o‘tadi ya‘ni 803 bo‘ladi. 103 esa “skoriy"ga biriktiriladi,- dedi “O‘zbektelekom” xodimi.

“Beeline”ning +99890 kodidagi 105, 106 ,108 raqamlari endilikda 805, 806, 808 ga o‘zgaradi.

MTS kompaniyasining prefiksi 100, 101, 102, 103, 104, 107 raqamlari bilan boshlanadigan Toshkent shahridagi abonetlarning (kodi +99897) raqamlari 800, 801, 802, 803, 804, 807ga o‘zgartiriladi.

“Perfectum Mobile”ning 109 raqami esa 809 ga aylanadi.

“O‘zbektelekom” shirkatining ismini oshkor qilmagan xodimiga ko‘ra, shaharlararo va xalqaro telefon qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirishni xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida raqamlar o‘zgartirilayapti.

- BMTning qoshida Xalqaro Aloqa Ittifoqi degan tashkilot bor. Jenevada joylashgan. Ular har-xil yo‘nalishlarda tavsiyalar beradi. Ana shu tavsiyalardan biri shaharlararo qo‘ng‘iroqlarni 0 orqali xalqaro qo‘ng‘iroqlarni esa 00 orqali amalga oshirish kerak. Bizda hozir xalqaro qo‘ng‘iroqni amalga oshiraman desangiz 8 terishingiz kerak. Ikki diapazon-0 va 00 bizda band edi ya‘ni maxsus xizmatlar telefon raqamlari 0 bilan boshlanadi. Shuning uchun biz mana shu diapazonni bo‘shatishimiz kerak bo‘ldi,- dedi “O‘zbektelekom” xodimi.

Hozirda “O‘zbektelekom” Aloqa va axborotlashtirish vazirligiga yangi o‘zgarishlar bo‘yicha o‘z takliflarini kiritgan.

“O‘zbektelekom” ma‘lumotiga ko‘ra, uzog‘i bilan bir haftadan keyin yangi raqamlarga o‘tiladi.
XS
SM
MD
LG