Линклар

Seshanba kundan boshlab Qirg‘izistonda Fergana.ru Internet sayti parlament qaroriga ko‘ra to‘sib qo‘yildi

Qirg‘iziston parlamenti Fergana.ru agentligi chop etayotgan maqolalarni millatchi va ekstremistik xarakterga ega, deb topdi. Nashr tahririyati Qirg‘iziston rasmiylari aynan qaysi materiallarni millatchi yoki ekstremistik deyayotganidan xabari yo‘q.

Lekin Fregana.ru muharriri Daniil Kislov Ozodlik bilan suhbatda 2010 yilgi O‘sh voqealari paytida o‘z nashrida qirg‘izistonlik o‘zbeklar liderlariga minbar berilgani qirg‘iz deputatlari tomonidan ekstremistik harakat, deb topilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qiladi.

Daniil Kislovning aytishicha, bu Qirg‘izsitonda axborot agentligi saytining parlament qaroriga ko‘ra birinchi marta yopilishidir.

D. Kislov: Qirg‘izistondagi birinchi va ikkinchi inqilob oldidan Aqayev va Bakiyev rejimlari hokimiyat uchun nomaqbul bo‘lgan saytlarni to‘sgani hisobga olinmasa, bu axborot agentligi saytining birinchi marta to‘silishidir.

Ozodlik: Qirg‘iz deputatlari qarorida Fergana.ru ekstremistik va millatchi ruhdagi materiallarni berayotgan agentlik o‘laroq to‘sib qo‘yilmoqda. Ular qaysi materiallarni nazarda tutgani haqida biror taxminingiz bormi?

D. Kislov: Bilasizmi, menimcha, bu 2010 yil iyunidagi O‘sh voqealaridan keyin hali tergov o‘tkazilmasdanoq parlament vakillari va Qirg‘iziston hukumatining boshqa rasmiylari qonli voqealarni o‘zbek liderlari uyushtirdi, ular ekstremist va ayirmachi qabilidagi ayblovlarni ilgari surgani bilan bog‘liq. Gap shundaki, Fergana.ru bu voqealar, qurbonlar to‘g‘risida o‘zbeklar liderlari, umuman o‘zbeklarning o‘z qarashlarini taqdim etishlariga imkon bergan sanoqli agentliklardan biri bo‘ldi. Oxir-oqibat barcha tergov komissiyalari qurbonlarning aksar ko‘pchiligi o‘zbeklar bo‘lganini isbotladi. Shuning uchun ular Fergana.runi ham ekstremizm yoki millatchilikda ayblashi mumkin. Lekin, menimcha, ekstremizmda ayblashdan oldin qirg‘iz parlamenti buni isbotlovchi dalillarni taqdim etsa, foydadan holi bo‘lmasdi.

Ozodlik: Fregana.ru sayti to‘sib qo‘yilganiga mushtariylaringizdan birining “To‘g‘ri qaror bo‘libdi, o‘zi bu sayt Qirg‘iziston xalqiga nisbatan provakatsion pozitsiyani egallaydi”, degan fikrlariga ko‘zim tushib qoldi. Balki bu gaplarda jon bordir?

D. Kislov: Bu bir odamning fikri. Har qanday fikr kabi u shaxsiy ko‘z qarashlarni yoki bir partiya, davlat hokimiyati pozitsiyasini aks ettiradi. Men bu sharhni chop etganimdan maqsad har bir odamda o‘z fikriga ega bo‘lish huquqi borligini ko‘rsatishdir. Kimdir bizning saytimizni zararkunanda, deb hisoblashga mutlaqo haqlidir. Agar u o‘z fikrini isbotlay olsa va bu masala xususida sudning tegishli qarori bo‘lsa, biz uni ochiq ko‘ngil bilan qabul qilamiz. Lekin ommaviy axborot vositlari masalasd Qirg‘iziston hokimiyati va qirg‘iz jamiyati vakillariga tanqidlarga va ommaviy axborot vositalariga ochiqroq bo‘lishni tilagan bo‘lar edim. Chunki fikrlarni erkin bildirish imkoni bo‘lgandagina, fikrlarni bildirishga taqiq qo‘yilmagandagina demokratiya tug‘iladi, haqiqat tug‘iladi.
XS
SM
MD
LG