Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:25

O‘zturk: Turkiylar o‘zligiga qaytishiga ishonaman


Shoir Mirzo Abdullo O‘zturk.
Shoir Mirzo Abdullo O‘zturk.
O‘zbek adabiyotida turkiyparastlik va panturkizm g‘oyalarining vujudga kelishiga nima turtki bo‘layapti? Turkiy qavmlar boshini birlashtirish utopiyami yoki amalga oshadigan reallik? "Nafis suhbatlar" rukni mehmoni Mirzo Abdullo O‘zturk bilan mana shu savollar atrofida suhbatlashdik.

Ozodlik radiosida “Nafis suhbatlar” deb nomlangan yangi turkum eshittirishlarni boshlaymiz.

Mazkur eshittirishda o‘zbek madaniyati, san‘ati, adabiyoti, tarixi, ma‘naviyati va ma‘rifati haqida suhbatlar olib boriladi.

“Nafis suhbatlar” dasturining mehmonlari yozuvchi, shoir, olimlargina emas, balki jamiyatning barcha qatlami vakillaridir.

Siz ham, hurmatli tinglovchi, o‘zbek madaniyati, san‘ati, adabiyoti, tarixi, ma‘naviyati va ma‘rifati haqida dilingizda saqlab yurgan gaplaringiz bo‘lsa bu eshittirish mehmoni sifatida o‘z fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashishingiz mumkin.

Buning uchun Ozodlik radiosi elektron manziliga “Nafis suhbatlar” degan sarlavha bilan o‘z telefon raqamingiz va taklif qilayotgan mavzuingiz haqida qisqacha ma‘lumot jo‘natsangiz kifoya qiladi. Shundan so‘ng siz bilan bog‘lanamiz.

Hozir esa “Nafis suhbatlar” rukni ostida berilayotgan birinchi suhbatni tinglang. Bugungi dasturning mehmoni Rossiyada yashayotgan o‘zbek shoiri Mirzo Abdullo O‘zturk.

Suhbat mavzui esa adabiyot va turkiyparastlik haqida.

XS
SM
MD
LG