Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:28

Litvada sobiq KGB josuslari nomi oshkor etildi


Litva hukumati mamlakat SSSR tarkibida bo‘lgan davrda KGB – SSSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasi bilan hamkorlik qilgan 238 shaxs ismi-sharifini jamoatchilikka e‘lon qildi.

Bu josuslar nomi Litva mustaqillikka erishganidan so‘ng ish boshlagan Genotsid va qarshilik tadqiqot markazi tahlil qilaëtgan minglarcha KGB hujjatlari orasidan topilgan va markaz bu hujjatlarning yaqin kelajakda jamoatchilikka to‘liq taqdim etilishini bildirmoqda.

Bugun nomlari oshkor etilgan KGB hamkorlari orasida Litva sobiq Tashqi ishlar vaziri Antanas Valionis va Davlat Xavfsizlik departamenti boshlig‘i Arvidas Pokius nomlari bor.

Ikkala sobiq sovet rasmiysi Litva mustaqilligidan so‘ng KGB bilan yaqin hamkorlikka iqror bo‘lgan va shundan so‘ng davlat xizmatidan olib tashlangan edi.

1999 yilda mustaqil Litva hukumati KGB hamkorlari va josuslariga ko‘ngilli iqror uchun olti oylik muhlat bergan va o‘z faoliyatini tan olganlarga ular nomini oshkor qilmaslikni va‘da qilgan edi.

Bu muhlat ichida 1600 nafar litvalik KGB bilan ishlaganiga iqror bo‘lgan edi. 2012 yilga kelib hukumat bu va‘dasidan voz kechib¸ iqror bo‘lganlar nomini jamoatchilikka oshkor qilishga kirishdi.
XS
SM
MD
LG