Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:27

Moskva politsiyasi 70 nafarga yaqin o‘zbekni fitnada ayblamoqda


Rossiya Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining bildirishicha¸ 23 fevral kuni Moskvaning Frunze prospekti va Lujnikidagi Putin tarafdorlari to‘plandisi oldidan bu tadbirga fitna chiqarish maqsadida kelgan 70 ga yaqin odam qo‘lga olingan.

Politsiyaga ko‘ra¸ ushlanganlarning aksariyati aktsiyada qatnashish uchun pul to‘langan O‘zbekiston fuqarolaridir.

Matbuot xizmatining ta‘kidlashicha¸ ushlanganlarga Putin tarafdorlarining Lujnikidagi mitingiga imkon qadar ko‘proq vatandoshlarini jalb qilish vazifasi yuklatilgan va ular 600 rubl va‘dasi bilan o‘zbekistonlik muhojirlarni yig‘inga olib kelish bilan shug‘ullanganlar.

“Provakatsiya mualliflari bu fitnani jamoatchilikda Lujnikidagi yig‘inda asosan maxsus olib kelingan muhojirlar qatnashdi¸ degan tasavvur uyg‘otish maqsadida uyushtirishgan. Ushlanganlardan birining qo‘lida “Bizni yuqoridan berilgan topshiriq bo‘yicha haydab olib kelishdi” degan plakat bor. Ularning hammasi hozir politsiya uchastkasida ushlab turilibdi”¸ deyiladi IIV matbuot xizmati tarqatgan axborotnomada.

Ayni paytda Putinning o‘z tarafdorlari bilan o‘tkazgan saylovoldi uchrashuvida “Levыy front”ning 10 ga yaqin a‘zosi ham qo‘lga olingan. Ular ënidan stadionda tarqatishga mo‘ljallangan provokatsion ruhdagi varaqalar topilgani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG