Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:30

Obidxon qori Nazarov og‘ir, lekin barqaror ahvolda


Obid qori Nazarov.
Obid qori Nazarov.

22 fevral kuni suiqasd oqibatida boshidan yaralanganidan so‘ng Ostershund shahridagi kasalxonaga yotqizilgan Obidxon qori Nazarov boshqa shaharga olib ketildi.

Ostershundda o‘tkazilgan matbuot anjumanida 22 fevral kuni Stromsund qishlog‘idagi uyi oldida suiqasd nishoni bo‘lgan Obid qori Nazarov boshidan yaralangani ma‘lum qilindi.

Matbuot anjumanida qatnashgan Shvetsiya jamoatchilik radiosi muxbiri Yohanna Vaktol bu haqda politsiya vakillari ma‘lum qilganini aytdi Ozodlik bilan suhbatda.

- Politsiyaning aytishicha, uning boshiga kamida bir marta otishgan. Politsiya necha marta o‘q uzilganini aniqlashtirmadi. Lekin imom og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilganini aytildi. U hozirda Umiyu shahridagi kasalxonaga olib ketilgan, dedi Yohanna Vaktol.

Ostershund politsiyasi matbuot vakili Mikal Obramson chorshanba kuni ro‘y bergan voqea joyidan qurol topilganini bildirdi.

- Kecha 50 yoshlar atrofidagi bir odam o‘q otar qurolidan otilib, jarohatlandi. Politsiya bu hodisa haqida 13:40 da xabar topdi. Darhol tergov ishlari boshlandi. Jinoyat joyidan o‘q otar qurol topildi, dedi politsiya vakili Obramson.

Topilgan qurol qaysi rusumda ekani yoki boshqa manbalarda aytilayotgandek ovozini o‘chirish moslamasi bo‘lganmi, yo‘qmi bu ma‘lumotni ham oshkor qila olmasligini qo‘shimcha qildi politsiya rasmiysi.

Ma‘lum bo‘lishicha, 54 yoshli Obidxon qorining ahvoli og‘irligicha qolmoqda.

Shvetsiyada muhojiratda yashayotgan yana bir o‘zbekistonlik imom Muhammadsolih Obutovning Ozodlikka aytishicha, Obidxon qori Nazarov vertolyotda boshqa shaharga olib ketilgan.

- U kishining ahvoli og‘ir bo‘lgani bois, imkoniyatlari yaxshiroq bo‘lgan kasalxonaga olib ketishdi, deydi Obutov.

Osturshend shahar politsiyasi vakiliga ko‘ra, hozirda tergov ishlari doirasida guvohlik ko‘rsatmalarini olish maqsadida jinoyat joyiga yaqin uylar birma-bir aylanib chiqilmoqda.

- Tergov siri bo‘lgani bois jinoyatga oid taxminlarni ham oshkor qila olmaymiz, dedi Ostershund politsiya rasmiysi Ozodlik bilan suhbatda.
XS
SM
MD
LG