Линклар

Braziliyaning "Flamengo" futbol klubi hujumchisi Deyvid ikki metrlik masofadan turib ochiq darvozani ishg'ol eta olmadi.

Bu voqea 23 fevral kuni Guanabara kubogi (Rio-de-Janeyro shtati chempionatining birinchi qismi) yarim finalida "Vasku-da-Gama" jamoasiga qarshi o'tgan o'yinda ro'y berdi.

O'yinning 36-daqiqasida raqib darvozasi oldida yolg'iz qolgan Deyvid jamoadoshi Leonardo Mour uzatgan to'pni bo'm-bo'sh qolgan darvozaga yo'llamoqchi bo'ldi, biroq u tepgan to'p darvoza ustuniga tegib maydonga qaytdi.



Ushbu uchrashuv "Vasku-da-Gama" jamoasi g'alabasi bilan yakunlandi. "Flamengo" ning yagona go'liga yaqingacha Rossiyaning "SSKA" klubida to'p surgan Vagner Lav mualliflik qildi. 1:2 hisobi bilan g'alaba qozongan "Vasku-da-Gama" jamoasi Guanabara kubogi finalida "Fluminse" bilan uchrashadi.

Shu o'rinda aytib o'tish joiz, "Flamengo" jamoasi sardori taniqli futbolchi Ronaldinyodir.

O'yindan so'ng bergan intervyusida Deyvid "mening besh yashar o'g'lim ham buncha masofadan turib go'l ura olgan bo'lar edi", dedi. Hujumchi gol ura olmaganligi uchun jamoasi fanatlari oldida kechirim so'radi.

32 yashar Deyvid "Flamengo" jamoasida 2010 yildan beri to'p suradi. U "Bordo", "Sporting" va "Fenerbahche" futbol klublarida ham faoliyat yuritgan.

O'zbek futboli muxlislarining eslarida bo'lsa, 2010 yili Xitoyning Guanjo shahrida 16 Osiyo O'yinlari doirasida o'tkazilgan Qatar - O'zbekiston futbol o'yinida (1/8) ham shunga o'xshash voqea bo'lgan edi. Xisob 0:0 bo'lib o'yinning ohiriga bir daqiqa qolganda, 7 raqam ostida o'yinga tushgan 18 yashar qatarlik xujumchi Fahar Xalfan o'zbeklarning bo'sh darvozasini bir metrlik masofadan ishg'ol qila olmagan.


O'yin esa o'zbekistonlik Ivan Nagayevning qo'chimcha taymda kiritgan yagona go'li bilan 1:0 hisobida O'zbekiston terma jamoasi foydasiga yakunlangan.
XS
SM
MD
LG