Линклар

Afg‘onistonda Qur‘onning yoqilishiga qarshi noroziliklar davom etayotgan bir paytda Germaniya afg‘on hukumati tizimlarida ishlaydigan o‘z fuqarolarini bu mamlakatdan olib chiqishga qaror qilgan.

Bundan avval Frantsiya, Britaniya hukumatlari va NATO rahbariyati ham o‘z hizmatchilarini Afg‘onistondan vaqtincha chiqarib turishini birldirgandi.

Shanba kuni Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi binosida ikki amerikalik maslahatchi otib o‘ldirildi.

Halok bo‘lgan zobitlarining ismi-sharifi hozircha e‘lon qilinmagan, biroq ular amerikalik polkovnik va mayor unvonidagi zobitlar deb ko‘rilmoqda.
XS
SM
MD
LG