Линклар

Los Anjelesda Amerika kinoakademiyasining “Oskar” mukofotlarini topshirish marosimi bo‘ldi.

Sakson to‘rtinchi mukofotlash marosimini askiyachi Billi Kristal ochib berdi.

Eng yaxshi tasvirchi mukofoti Robert Richardsonga “Davr posboni” filmi uchun berildi.

Frantsiyalik kinochilar suratga olgan “Artist” filmi bu yil eng yaxshi film nominatsiyasida go'lib bo'ldi va jami 3 ta “Oskar” mukofotini oldi.

Meril Strip Britaniya bosh vaziri Margaret Tetcher hayotiga bag‘ishlangan "Temir ayol" filmida o‘ynagan bosh roli uchun eng yaxshi aktrisa mukofotini oldi.

Jon Juardin "Artist" filmida o'ynagan ro'li uchun eng yaxshi aktyor nominatsoyasida go'lib deb topildi.

Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor deb Kristofer Plummer "Boshlovchilar" filmida o'ynagan roli uchun oldi. "Xizmatkor" filmida o'ynagan Okravia Spenser esa ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa deb e'lon qilindi.
XS
SM
MD
LG