Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:25

Tolibon Qur‘on yoqilgani uchun o‘ch olmoqda


Afg‘on politsiyasi besh kun mobaynida norozilik namoyishlarini tarqatdi.
Afg‘on politsiyasi besh kun mobaynida norozilik namoyishlarini tarqatdi.

Afg‘oniston politsiyasi AQShning ikki zobitini otib o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan razvedka xizmati xodimini qidirmoqda.

NATO kuchlari safida xizmat qilgan ikki amerikalik maslahatchi 25 fevral kuni Kobuldagi Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi binosida otib o‘ldirilgan edi.

Kobulda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Afg‘onistondagi Xalqaro kuchlar matbuot kotibi general Karsten Yakobson NATO maslahatchilari Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligida otib o‘ldirilganini tasdiqladi.

- Biz Kobul shahrida bir shaxs qurol chiqarib Xalqaro kuchlar a‘zosini otib o‘ldirgani haqidagi ma‘lumotni tasdiqlaymiz. Biz Xalqaro kuchlar a‘zolari nobud bo‘lganini tasdiqlaymiz. Hozircha voqea tafsisoti haqida ma‘lumot berishga vaqt erta deb hisoblaymiz, - dedi general Karsten Yakobson.

Ismi oshkor etilmagan Afg‘oniston rasmiysiga asoslanib BBC va Frans press axborot agentligining xabar qilishicha, qotillik sodir etilganidan keyin g‘oyib bo‘lgan Ichki ishlar vazirligining razvedka departamenti zobiti, 25 yashar Abdul Sabur asosiy gumondor sifatida qidiruvga berilgan.

Shanba kungi voqeadan so‘ng NATO Afg‘oniston hukumati idoralaridagi o‘zining hamma maslahatchilari chaqirtirib olinishini bildirgan.

Ichki ishlar vazirligidagi qotillik uchun mas‘uliyatni toliblar o‘z zimmasiga oldi.

Tolibon NATO bazasida Muqaddas Qur‘on kitobi nasxalari yoqilgani uchun o‘ch olish maqsadida shunday qilinganini bildirdi.

Afg‘onistondagi Bag‘rom bazasidagi AQSh harbiylari 20 fevral kuni Qur‘on nusxalarini axlat yoqiladigan qutiga tashlagani va yoqib yuborgan edi. Vashington bu voqea yuzasidan hozirda maxsus tekshiruv jarayoni borayotganini bildirgan.

Afg‘oniston prezidenti Hamid Karzay ma‘muriyatining bildirishicha¸ AQSh prezidenti Barak Obama Afg‘onistondagi NATO harbiy bazasi hududida Qur‘on nusxalari yoqilgani uchun Kobulga rasman uzr so‘ralgan maktub yo‘llagan.

Bag‘rom harbiy bazasida Qur‘on kitobi nusxalari yoqilganiga norozilik tariqasida 21 fevraldan beri beri davom etayotgan namoyishlarda shu kunga qadar kamida 24 odam nobud bo‘ldi.
XS
SM
MD
LG