Линклар

logo-print

Moskvaga uch kunlik ish safari bilan borgan Qirg‘iziston prezidenti rossiyalik hamkasbi bilan uchrashuvda rus buyuklarining qirg‘izligini, Manasning esa rossiyalik ekanini iddao qildi.

Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev bilan uchrashgan Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev rasman xavfsizlik masalalarini muhokama qilganliklari bildirildi.

Rossiya prezidenti muzokaralar davomida “Yaqin Sharqdagi, Eron va Siriyadagi jarayonlar bizning hududlarga, jumladan, Markaziy Osiyoga bevosita o‘z ta‘sirni o‘tkazmay qolmaydi. Rossiya o‘zining mintaqadagi hamkorlari bilan vaziyatni barqaror saqlab qolish yo‘nalishida ishlashdan manfaatdor”, deb bildirdi.

Ayni paytda Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Rossiyaning Qirg‘izistondagi harbiy markazlari uchun 4 yildan beri ijara haqqi to‘lanmaganini, hozirgi kunda ijara haqidan bo‘lgan qarz miqdori 15 million dollarni tashkil etganini bildirgan. Muzokaralar natijasida Rossiya tomoni 10 kun ichida bu qarzni to‘lashga rozi bo‘lgan.

Rossiya prezidenti bilan uchrashuv chog‘ida Qirg‘iziston rahbari tarix mavzusini ham chetlab o‘tmadi. Atambayev buyuk sarkarda Kutuzov va yozuvchi Turgenevlarga dahl qildi.

- Siz bilasizmi, Kutuzov Kutuzning bolasi, osiyoliklar avlodi, Turgenev esa Turg‘unning bolasi. Bizning tomirlarimiz bir, -dedi Atambayev Medvedev bilan suhbat chog‘ida.

Tarix mavzusini davom etdirar ekan, Almazbek Atambayev “Manas” qirg‘iz eposi qahramonini etnik rossiyalik deb atadi.

- Hozirgi til bilan aytganda, Manas etnik rossiyalik. Barcha qirg‘izistonliklar –Enasoydan. Eng qizig‘i shundaki, olimlarning so‘nggi tadqiqotlari natijasida xindularning ham Oltoydan ekani aniqlangan. Bu haqda amerikalik olimlar aytishdi, -dedi Atambayev.

Qirg‘iziston prezidentining tarixiy mavzudagi bilimlarini Rossiya prezidenti qanday baholagani haqida hozircha rasmiylar ham, matbuot ham bir nima degani yo‘q.

Atambayev Moskvaga 23 fevral kuni uch kunlik ish safari bilan bordi.
XS
SM
MD
LG