Линклар

Turkmaniston Milliy olimpiya qo‘mitasining 26 fevral kungi yig‘ilishida mamlakat prezidenti Qurbonquli Berdimuhammedov bir ovozdan Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari etib yana to‘rt yillik muddatga saylandi.

Jismoniy tarbiya va sportni mamlakatdagi muhim sohaga aylantirgani uchun Berdimuhammedovni olqishlagan qo‘mita a‘zolari 2012 yil Londonda bo‘ladigan yozgi Olimpiada o‘yinlarida Turkmaniston jamoasi yaxshi natijalarga erishishiga umid bildirdilar.

Yig‘ilishda 2017 yilda Turkmanistonda o‘tkaziladigan Beshinchi Osiyo va Kurash musobaqalariga tayyorgarlik masalasi ham muhokama etildi.

Qariyb ikki hafta oldin Qurbonquli Berdimuhammedov ikkinchi muddatga Turkmaniston prezidenti sifatida qasamyod qilgan edi.
XS
SM
MD
LG